https://oz.sputniknews.uz/20230728/eng-kop-shifokor-qaysi-viloyatda-ishlayotgani-malum-boldi-37322382.html
O‘zbekiston va dunyoda shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday?
O‘zbekiston va dunyoda shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday?
Sputnik O‘zbekiston
Statistika agentligi har 10 ming kishiga nechta shifokor to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi.
2023-07-28T10:52+0500
2023-07-28T10:52+0500
2023-07-28T13:55+0500
jamiyat
davlat statistika qo‘mitasi
statistika agentligi
shifokor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_26e075a402a53ffebd9de84165774a96.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2023-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi. Hududlar bo‘yicha aholini shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha:Har 10 000 aholiga nisbatanUmumjahon miqyosidaUshbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston umumjahon miqyosida o‘rtacha o‘rinlarda turibdi. Xususan, tibbiyot sohasida nufuzli hisoblangan "The Lancet" jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda har 10 ming aholi soniga shifokorlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar bu Kanada, Shveysariya, Italiya va Rossiya. Ushbu davlatlarda har 10 ming aholi soniga 50-66 nafargacha shifokor va 60 dan ortiq yordamchi tibbiy personal to‘g‘ri keladi.AQShda vaziyat biroz boshqacha, u yerda ushbu ko‘rsatkich 25 nafar shifokor va 120 dan ortiq yordamchi tibbiy personal. Shifokorlar soni eng kam bo‘lgan davlatlar esa asosan Markaziy Afrikada joylashgan. Bu yerda har 10 ming aholiga 2-6 tagacha, eng yaxshi holatlarda 8 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi. Hindiston, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlarida - 10 tadan 19 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_66:62:1120:852_1920x0_80_0_0_fa2a9ad3eb80dada22817ebf7467ff71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aholi shifokorlar ta’minlash darajasi statistika
aholi shifokorlar ta’minlash darajasi statistika
O‘zbekiston va dunyoda shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday?
10:52 28.07.2023 (yangilandi: 13:55 28.07.2023) Statistika agentligi har 10 ming kishiga nechta shifokor to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2023 yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.
Hududlar bo‘yicha aholini shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha:
Har 10 000 aholiga nisbatan
Qoraqalpog‘iston R. – 27 nafar
Andijon viloyati – 25 nafar
Buxoro viloyati – 33 nafar
Jizzax viloyati – 21 nafar
Qashqadaryo viloyati – 19 nafar
Navoiy viloyati – 30 nafar
Namangan viloyati – 20 nafar
Samarqand viloyati 28 nafar
Surxondaryo viloyati – 18 nafar
Sirdaryo viloyati – 22 nafar
Toshkent viloyati – 22 nafar
Farg‘ona viloyati – 23 nafar
Xorazm viloyati – 29 nafar
Toshkent shahri – 70 nafar
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston umumjahon miqyosida o‘rtacha o‘rinlarda turibdi.
Xususan, tibbiyot sohasida nufuzli hisoblangan "The Lancet" jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda har 10 ming aholi soniga shifokorlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar bu Kanada, Shveysariya, Italiya va Rossiya. Ushbu davlatlarda har 10 ming aholi soniga 50-66 nafargacha shifokor va 60 dan ortiq yordamchi tibbiy personal to‘g‘ri keladi.
AQShda vaziyat biroz boshqacha, u yerda ushbu ko‘rsatkich 25 nafar shifokor va 120 dan ortiq yordamchi tibbiy personal.
Shifokorlar soni eng kam bo‘lgan davlatlar esa asosan Markaziy Afrikada joylashgan. Bu yerda har 10 ming aholiga 2-6 tagacha, eng yaxshi holatlarda 8 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi. Hindiston, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlarida - 10 tadan 19 tagacha shifokor to‘g‘ri keladi.