https://oz.sputniknews.uz/20230728/bosh-prokuratura-toshkent-lift-vafot-etgan-ayol-37362441.html
Bosh prokuratura Toshkentdagi liftda vafot etgan ayol haqida rasmiy ma’lumot berdi
Bosh prokuratura Toshkentdagi liftda vafot etgan ayol haqida rasmiy ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida notanish ayol o‘lgan holatda topilgan.
2023-07-28T20:21+0500
2023-07-28T20:21+0500
2023-07-28T20:23+0500
hodisalar
toshkent
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/24/14/241474_0:227:2835:1822_1920x0_80_0_0_5e4cf7c908102fcb86e93a040ba48688.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 27-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida notanish ayol o‘lgan holatda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.Aniqlanishicha, 24-iyul kuni soat taxminan 14-50 larda 32 yoshli ayol yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qaytib chiqmagan.26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolganligi yuzasidan xabar bergan.Tekshirish davomida uy yashovchilari bu lift bir necha kundan buyon ishlamayotganligi, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko‘p marotaba bo‘lganligini aytishgan.Shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasaligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sabab deb ko‘rsatilgan.“Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, - deyiladi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/24/14/241474_53:0:2784:2048_1920x0_80_0_0_2c287df008d2ecce552df4afe6941d95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent lift ayol jasadi
toshkent lift ayol jasadi
Bosh prokuratura Toshkentdagi liftda vafot etgan ayol haqida rasmiy ma’lumot berdi
20:21 28.07.2023 (yangilandi: 20:23 28.07.2023) 32 yoshli ayol Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qaytib chiqmagan.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 27-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida notanish ayol o‘lgan holatda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati
xabar qildi. Aniqlanishicha, 24-iyul kuni soat taxminan 14-50 larda 32 yoshli ayol yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qaytib chiqmagan.
26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolganligi yuzasidan xabar bergan.
Tekshirish davomida uy yashovchilari bu lift bir necha kundan buyon ishlamayotganligi, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko‘p marotaba bo‘lganligini aytishgan.
Shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasaligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sabab deb ko‘rsatilgan.
“Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, - deyiladi xabarda.