Biznes-ombudsmanga kelib tushayotga eng ko‘p shikoyat qaysi sohada ekani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Biznes-ombudsmanga eng ko‘p ariza kelib tushga sohalar bu soliq, yer kadastr hamda bank va kredit sohalari ekani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Biznes-ombudsman tomonidan 2023-yilning 6 oyida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi e’lon qilindi.
2023 yil yanvar-iyun oylarida biznes-ombudsmanga jami 4 414 ta murojaat kelib tushgan. Ular asosan quyidagi beshta sohaga oid:
soliq 18 %,
yer, kadastr, arxitektura 14 %,
bank, moliya va kredit 13 %,
infratuzilma 8 %,
sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etishi 7 %.
Shuningdek, "Tadbirkor virtual ofisi" axborot portali orqali tadbirkorlardan 4 399 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra tadbirkorlar manfaatida sudlarga jami 24 mlrd so‘mlik 74 ta da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, buning natijasida tadbirkorlar foydasiga 12,9 mlrd so‘m undirilishi belgilangan.
Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 1 675 ta ta’sir choralari qo‘llanildi. Tegishli idoralarga 81 ta taqdimnoma kiritildi.
O‘tgan davr mobaynida Biznes-ombudsman devoni tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka oid 1 474 ta bayonnoma ham rasmiylashtirildi.
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish borasida quyidagi ishlar qilingan:
tadbirkorlar faoliyatida jami tekshiruvlar soni — 54 199ta;
shundan biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda — 976ta;
biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda — 53 223 ta;
biznes-ombudsman tomoidan rad etilgan tekshiruvlar — 890 ta;
Shuningdek, noqonuniy tekshiruvlar va tekshirish o‘tkazish tartibi buzilganligi bo‘yicha — 1474 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 113 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Yangiliklar lentasi
0