https://oz.sputniknews.uz/20230727/ukrainalik-qilichboz-37306339.html
Qo‘l siqishdan bosh tortgan ukrainalik qilichboz musobaqadan chetlatildi
Qo‘l siqishdan bosh tortgan ukrainalik qilichboz musobaqadan chetlatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainalik qilichboz rossiyalik ayol bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun jahon chempionatidan chiqarib yuborildi. 27.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-27T20:05+0500
2023-07-27T20:05+0500
2023-07-27T20:05+0500
sport
qilichbozlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37306888_0:319:3072:2047_1920x0_80_0_0_c33e1c93c94ee6b17711605eaf49d46e.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) ukrainalik qilichboz Olga Xarlanni rossiyalik Anna Smirnova bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun jahon chempionatidan chetlatdi. R-sport xabariga asosan.Xarlan Milanda bo‘lib o‘tgan turnirning 1/32 finalida g‘alaba qozonganidan keyin Smirnova bilan qo‘l berib ko‘rishmadi. Jang yakunida rossiyalik sportchi ukrainalik raqibasiga yaqinlashib qo‘l berib ko‘rishmoqchi bo‘lganda, u qilichini oldinga chiqarib, Smirnovani yaqinlashtirmagan, keyin esa trekni tark etgan.FIE qoidalariga ko‘ra, jangdan so‘ng sportchilar bir birlari bilan qo‘l siqishi shart. Agar qilichbozlardan biri yoki ikkalasi ham qoidalarga rioya qilishdan bosh tortsa, bahs yakunlanmagan deb hisoblanadi. Bu odatda raqibning musobaqadan chetlatilishiga olib keladi.Smirnova 50 daqiqa davomida hakamlar qarorini kutdi. Rossiya qilichbozlik federatsiyasi (FFR) rahbari Ilgar Mamedovning RIA Novostiga aytishicha, FIE norozilikni rad etgan va FFR jang natijasini bekor qilmoqchi.1/16 finalda Xarlan bolgariyalik Yoana Iliyeva bilan jang qilishi kerak edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37306888_626:213:3072:2048_1920x0_80_0_0_eaed4654d7e971049d5d61f3d29ab7fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, qilichbozlik
Qo‘l siqishdan bosh tortgan ukrainalik qilichboz musobaqadan chetlatildi
Ukrainalik qilichboz rossiyalik ayol bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun jahon chempionatidan chiqarib yuborildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) ukrainalik qilichboz Olga Xarlanni rossiyalik Anna Smirnova bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun jahon chempionatidan chetlatdi. R-sport
xabariga asosan.
Xarlan Milanda bo‘lib o‘tgan turnirning 1/32 finalida g‘alaba qozonganidan keyin Smirnova bilan qo‘l berib ko‘rishmadi. Jang yakunida rossiyalik sportchi ukrainalik raqibasiga yaqinlashib qo‘l berib ko‘rishmoqchi bo‘lganda, u qilichini oldinga chiqarib, Smirnovani yaqinlashtirmagan, keyin esa trekni tark etgan.
FIE qoidalariga ko‘ra, jangdan so‘ng sportchilar bir birlari bilan qo‘l siqishi shart. Agar qilichbozlardan biri yoki ikkalasi ham qoidalarga rioya qilishdan bosh tortsa, bahs yakunlanmagan deb hisoblanadi. Bu odatda raqibning musobaqadan chetlatilishiga olib keladi.
Smirnova 50 daqiqa davomida hakamlar qarorini kutdi. Rossiya qilichbozlik federatsiyasi (FFR) rahbari Ilgar Mamedovning RIA Novostiga aytishicha, FIE norozilikni rad etgan va FFR jang natijasini bekor qilmoqchi.
1/16 finalda Xarlan bolgariyalik Yoana Iliyeva bilan jang qilishi kerak edi.