https://oz.sputniknews.uz/20230727/ukraina-qarshi-hujumning-asosiy-bosqichini-boshladi-37289157.html
Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi — The New York Times
Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi — The New York Times
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning asosiy bosqichini boshladi — The New York Times. 27.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-27T17:31+0500
2023-07-27T17:31+0500
2023-07-27T18:35+0500
dunyoda
rossiya
ukraina
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36350368_0:299:3072:2027_1920x0_80_0_0_a5a13b09ef6d356b9ba9e32bcdfaee29.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning asosiy bosqichini boshladi. Bu haqda "The New York Times" nashri Pentagon vakillariga tayanib xabar bermoqda.Gazetaning boshqa manbalariga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, yangi operatsiya bir haftadan uch haftagacha davom etadi.Shu bilan birga, "The Washington Post" gazetasining amerikalik amaldorga tayanib yozishicha, Ukraina qarorining maqsadi haligacha noma’lum.Sputnik radiosi efirida harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti siyosiy tahlil va ijtimoiy-psixologik jarayonlar kafedrasi mudiri Andrey Koshkin jangovar harakatlar shiddati haqiqatan ham kuchayganini ta’kidladi.“Biz, albatta, barcha frontlar bo‘ylab faol jangovar harakatlar sodir bo‘layotganini bilamiz. Ularning jadalligi oshdi, bu haqiqatni hech kim inkor qila olmaydi. Lekin qaysi bosqichda — noma’lum, chunki biz allaqachon xorijdan qarshi hujum haqida ko‘plab bayonotlar va sharhlar eshitganmiz: u qachon boshlanadi, qancha davom etadi, allaqachon tugaganmi, yoki davom etmoqdami yoki yo‘q. Bugungi kunda, menimcha, qaysi bosqich ekanligi muhim emas. Asosiysi — natija. Natija quyidagicha: Rossiya Qurolli kuchlari muvaffaqiyatni ta’minlaydigan o‘ziga yuklangan jangovar topshiriqlarni samarali bajarib kelmoqda. Bugunga qadar UQKning qarshi hujumi unga foyda olib kelmagan va qandaydir natijaga erishishining iloji yo‘q”, — dedi Andrey Koshkin.
https://oz.sputniknews.uz/20230711/shoygu-ukraina-qarshi-hujum-36784831.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36350368_251:108:2838:2048_1920x0_80_0_0_94f23af689056b85d24170e1b62c3143.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya, ukraina, dunyo yangiliklari
dunyoda, rossiya, ukraina, dunyo yangiliklari
Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi — The New York Times
17:31 27.07.2023 (yangilandi: 18:35 27.07.2023) Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning asosiy bosqichini boshladi — The New York Times.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning asosiy bosqichini boshladi. Bu haqda "The New York Times" nashri Pentagon vakillariga tayanib xabar bermoqda.
"Ukraina o‘zining qarshi hujumining asosiy qismini boshlab, aksariyati G‘arbda tayyorgarlikdan o‘tgan zaxiradagi minglab harbiylarni jangga kiritmoqda", — deyiladi nashr xabarida.
Gazetaning boshqa manbalariga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, yangi operatsiya bir haftadan uch haftagacha davom etadi.
Shu bilan birga, "The Washington Post" gazetasining amerikalik amaldorga tayanib yozishicha, Ukraina qarorining maqsadi haligacha noma’lum.
"Bu (Ukrainaning hozirgi harakatlari — tahr.) muhim qadam ekanligiga katta ishonch yo‘q", — deya amerikalik amaldor so‘zlaridan gazeta iqtibos keltirgan.
Sputnik radiosi efirida harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti siyosiy tahlil va ijtimoiy-psixologik jarayonlar kafedrasi mudiri Andrey Koshkin jangovar harakatlar shiddati haqiqatan ham kuchayganini ta’kidladi.
“Biz, albatta, barcha frontlar bo‘ylab faol jangovar harakatlar sodir bo‘layotganini bilamiz. Ularning jadalligi oshdi, bu haqiqatni hech kim inkor qila olmaydi. Lekin qaysi bosqichda — noma’lum, chunki biz allaqachon xorijdan qarshi hujum haqida ko‘plab bayonotlar va sharhlar eshitganmiz: u qachon boshlanadi, qancha davom etadi, allaqachon tugaganmi, yoki davom etmoqdami yoki yo‘q. Bugungi kunda, menimcha, qaysi bosqich ekanligi muhim emas. Asosiysi — natija. Natija quyidagicha: Rossiya Qurolli kuchlari muvaffaqiyatni ta’minlaydigan o‘ziga yuklangan jangovar topshiriqlarni samarali bajarib kelmoqda. Bugunga qadar UQKning qarshi hujumi unga foyda olib kelmagan va qandaydir natijaga erishishining iloji yo‘q”, — dedi Andrey Koshkin.