https://oz.sputniknews.uz/20230727/turizm-davlat-xizmatchilari-singapur-malaka-oshirish-37271108.html
Turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari Singapurda malaka oshiradi
Turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari Singapurda malaka oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini Singapurda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 27.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-27T12:50+0500
2023-07-27T12:50+0500
2023-10-31T14:35+0500
jamiyat
singapur
o‘zbekiston
ta’lim
malaka oshirish
davlat xizmatchisi
davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35255949_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2b41a9b22026e8249d09a129a40a6dfe.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari Singapurda malaka oshiradi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, Singapurda O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurga bordi.Safarning birinchi kunida Singapur turizm menejmenti institutida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur institut butun dunyodan turizm sohasidagi xodimlarni malakasini oshirish, gidlarni tayyorlash, umuman, turizm menejmentini shakllantirish bo‘yicha ishlarni olib boradi.Shuningdek, safar davomida Li Kuan Yu nomidagi davlat siyosati maktabi, Singapur turizmni boshqarish instituti, PSB akademiyasi kabi yetakchi ta’lim muassasalarida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Uchrashuvlarda xalqqa yo‘naltirilgan samarador va natijador davlat xizmati, yetakchilik, iqtisodiyotning muhim sektorlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ham muhokama qilinadi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatda davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olingan. Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.
singapur
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35255949_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9aa7a2978aa0a1393e7292b6f6dd58b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, singapur, o‘zbekiston, ta’lim, malaka oshirish, davlat xizmatchisi, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
jamiyat, singapur, o‘zbekiston, ta’lim, malaka oshirish, davlat xizmatchisi, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari Singapurda malaka oshiradi
12:50 27.07.2023 (yangilandi: 14:35 31.10.2023) Turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini Singapurda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari Singapurda malaka oshiradi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, Singapurda O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurga bordi.
Safarning birinchi kunida Singapur turizm menejmenti institutida uchrashuv tashkil etildi.
“Uchrashuv yakuni bo‘yicha Madaniyat va turizm vazirligida hamda turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini Singapurda tashkil etish, shuningdek, masofadan turib onlayn o‘quvlar tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.
Mazkur institut butun dunyodan turizm sohasidagi xodimlarni malakasini oshirish, gidlarni tayyorlash, umuman, turizm menejmentini shakllantirish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Shuningdek, safar davomida Li Kuan Yu nomidagi davlat siyosati maktabi, Singapur turizmni boshqarish instituti, PSB akademiyasi kabi yetakchi ta’lim muassasalarida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda xalqqa yo‘naltirilgan samarador va natijador davlat xizmati, yetakchilik, iqtisodiyotning muhim sektorlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ham muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatda davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olingan. Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar
qabul qilindi.