https://oz.sputniknews.uz/20230727/toshkent-metrosi-anomal-issiq-tezlik-pasaydi-37293216.html
Toshkent metrosi anomal issiq tufayli tezlikni pasaytiradi
Toshkent metrosi anomal issiq tufayli tezlikni pasaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosi harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi, sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
2023-07-27T16:08+0500
2023-07-27T16:08+0500
2023-07-27T16:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
metro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37146724_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_c66716c1a0985384ee9a0254141f6acc.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Toshkent metrosi anomal issiq tufayli tezlikni pasaytiradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.Ayni kunlarda O‘zbekiston hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda.Xabarda aytilishicha, harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.Ma’lumot uchun, temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra relslarning harorati +55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytiriladi. Ya’ni relslarning harorati +60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.Eslatib o‘tamiz, iyun oyida ham Toshkent metrosi issiq ob-havo tufayli tezlikni pasaytirgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37146724_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_0a20f47b20a752743642711d48aa2e34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent metrosi anomal issiq tezlik
toshkent metrosi anomal issiq tezlik
Toshkent metrosi anomal issiq tufayli tezlikni pasaytiradi
16:08 27.07.2023 (yangilandi: 16:42 27.07.2023) Toshkent metrosi harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi, sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Toshkent metrosi anomal issiq tufayli tezlikni pasaytiradi. Bu haqda “
O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Ayni kunlarda O‘zbekiston hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda.
Xabarda aytilishicha, harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi.
Shu bois yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
“Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra relslarning harorati +55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytiriladi. Ya’ni relslarning harorati +60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida ham Toshkent metrosi issiq ob-havo tufayli tezlikni
pasaytirgan edi.