Test sinovlari qachon o‘tkaziladi

© Sputnik / Zafar XalilovTest sinovlari, arxiv surat
Test sinovlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Test sinovlarini avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha asosiy test sinovlarini avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Abduvohob Hayitov ma’lum qildi.
Aytilishicha, test sinovlarini avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilayotgan bo‘lib, uning aniq sanalari O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qayd etilishicha, bu yil 14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 834 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirdi.

“Kirish test sinovlarini ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 3 500 nafarga yaqin nomzod guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladi”, - deydi Abduvohob Hayitov.

Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarni surdotarjimon xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 127 nafar surdotarjimon bilan shartnoma tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan test sinovida ishtirok etuvchi abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0