Surxondaryolik o‘quvchi Ispaniyadagi xalqaro tanlovda oltin medal sohibiga aylandi — video

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya UzbekistanaSurxondaryolik o‘quvchi Ispaniyadagi xalqaro tanlovda oltin medal sohibiga aylandi
Surxondaryolik o‘quvchi Ispaniyadagi xalqaro tanlovda oltin medal sohibiga aylandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Charos Absoatova “Dutor” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek milliy kuylaridan “Rohat” va “Lazgi” popuri kuylarini ijro etdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Surxondaryolik 10 yoshli o‘quvchi Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ispaniyaning Loret de Mar shahrida 10-13-iyul kunlari yosh musiqachilar o‘rtasida “Sea sun festival” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

“U yigirmadan ortiq davlatdan kelgan iqtidorli yosh musiqachilar o‘rtasida o‘zbek milliy cholg‘u san’atini mohirlik bilan namoyish etdi. “Dutor” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek milliy kuylaridan “Rohat” va “Lazgi” popuri kuylarini ijro etdi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Charos dutor chalish sirlarini ustozi, Xalq ta’limi a’lochisi Muhabbat Shodiyevadan o‘rganish uchun Termiz shahridan Sherobodga qatnaydi.
Yangiliklar lentasi
0