https://oz.sputniknews.uz/20230727/qrim-koprigidagi-teraktlarda-vashington-muhim-rol-37305034.html
Qrim ko‘prigidagi teraktlarda Vashington muhim rol o‘ynagan — Xersh
Qrim ko‘prigidagi teraktlarda Vashington muhim rol o‘ynagan — Xersh
Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist Seymur Xersh Qrim ko‘prigidagi har ikkala teraktda Jo Bayden idorasining rolini hal qiluvchi deb atadi.
2023-07-27T18:46+0500
2023-07-27T18:46+0500
2023-07-27T19:02+0500
rossiya
ukraina
qrim
ko‘prik
aqsh
jo bayden
vashington
terakt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37306072_0:1:3637:2047_1920x0_80_0_0_c584261fee8927accd4bb44bc5f1cc4c.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan har ikkala hujumda ham AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati muhim rol o‘ynagan, dedi amerikalik jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh "Substack"dagi sahifasida chop etgan maqolasida. Jurnalistning aytishiga ko‘ra, uning suhbatdoshi — prezident ma’muriyati hujumdan oldin Rossiyadan o‘ch olish ehtimoli haqida o‘ylab ko‘rganmi, deb so‘radi. U "Buncha uzoqni o‘ylamaydilar", deb javob berdi."Bizning milliy strategiyamizga ko‘ra Zelenskiy xohlagan ishni qila oladi. Uning ustidan "Kattalar nazorati yo‘q", - deya Xersh rasmiy so‘zlaridan iqtibos keltirgan.Eslatib o‘tamiz, 17-iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qrim ko‘prigiga ikkita suv ustida harakatlanuvchi masofadan turib boshqariladigan qayiqlar bilan hujum qildi. Uning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir o‘smir jarohatlandi. Ko‘prikning avtomobil qismi shikastlangan. Uni ta’mirdan chiqarish kuzda kutilmoqda.Ko‘prikka birinchi hujum o‘tgan yilning 8-oktabr kuni erta tongida sodir bo‘lgan - yuk mashinasi yo‘l qismida portlatilgan, shundan so‘ng temir yo‘l ortidan ketayotgan poyezddan yoqilg‘i solingan etti sisterna yonib ketgan. Portlash oqibatida uch kishi — yuk mashinasi yonida ketayotgan yengil avtomobil yo‘lovchilari halok bo‘ldi. Ko‘prik avtomobil yo‘lining ikkita oralig‘i qisman qulab tushgan, lekin uning tayanchlar shikastlanmagan edi.Rossiya Federal xavfsizli xizmati Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi va shaxsan uning rahbari Kirill Budanovni ushbu terakt tashkilotchisi deb atagan. Ish bo‘yicha sakkiz nafar ayblanuvchi hibsga olingan.
ukraina
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37306072_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_66f6980348d31d0bdf89b57e7c65dc97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jurnalist seymur xersh qrim ko‘prigi terakt jo bayden aqsh vashington kiyev ukraina
jurnalist seymur xersh qrim ko‘prigi terakt jo bayden aqsh vashington kiyev ukraina
Qrim ko‘prigidagi teraktlarda Vashington muhim rol o‘ynagan — Xersh
18:46 27.07.2023 (yangilandi: 19:02 27.07.2023) Jurnalist Seymur Xersh Qrim ko‘prigidagi har ikkala teraktda Jo Bayden idorasining rolini hal qiluvchi deb atadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan har ikkala hujumda ham AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati muhim rol o‘ynagan, dedi amerikalik jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh "Substack"dagi sahifasida chop etgan maqolasida.
"Albatta, bu bizning texnologiyalarimiz edi. Dron masofadan turib boshqarilardi va torpedo kabi suvga yarim botib harakat qilardi", - dedi Xersh amerikalik rasmiylardan birining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
Jurnalistning aytishiga ko‘ra, uning suhbatdoshi — prezident ma’muriyati hujumdan oldin Rossiyadan o‘ch olish ehtimoli haqida o‘ylab ko‘rganmi, deb so‘radi. U "Buncha uzoqni o‘ylamaydilar", deb javob berdi.
"Bizning milliy strategiyamizga ko‘ra Zelenskiy xohlagan ishni qila oladi. Uning ustidan "Kattalar nazorati yo‘q", - deya Xersh rasmiy so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qrim ko‘prigiga ikkita suv ustida harakatlanuvchi masofadan turib boshqariladigan qayiqlar bilan hujum qildi. Uning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir o‘smir jarohatlandi. Ko‘prikning avtomobil qismi shikastlangan. Uni ta’mirdan chiqarish kuzda kutilmoqda.
Ko‘prikka birinchi hujum o‘tgan yilning 8-oktabr kuni erta tongida sodir bo‘lgan - yuk mashinasi yo‘l qismida portlatilgan, shundan so‘ng temir yo‘l ortidan ketayotgan poyezddan yoqilg‘i solingan etti sisterna yonib ketgan. Portlash oqibatida uch kishi — yuk mashinasi yonida ketayotgan yengil avtomobil yo‘lovchilari halok bo‘ldi. Ko‘prik avtomobil yo‘lining ikkita oralig‘i qisman qulab tushgan, lekin uning tayanchlar shikastlanmagan edi.
Rossiya Federal xavfsizli xizmati Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi va shaxsan uning rahbari Kirill Budanovni ushbu terakt tashkilotchisi deb atagan. Ish bo‘yicha sakkiz nafar ayblanuvchi hibsga olingan.