https://oz.sputniknews.uz/20230727/ozbekiston-soatlik-kunlik-elektr-energiyasi-istemol-rekord-37284174.html
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Sputnik O‘zbekiston
Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.
2023-07-27T14:18+0500
2023-07-27T14:18+0500
2023-07-27T15:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektr energiyasi
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37287694_0:50:3319:1917_1920x0_80_0_0_5f4af2b78f14e672c6d2012106484694.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. Xususan, 26-iyulda respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 250,7 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. O‘tgan yilning xuddi shu kunida jami 236,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlatilgan. Kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bo‘ldi.Bundan oldin 12-iyul kuni respublika bo‘yicha jami iste’mol 247,5 mln kVt⋅soatni tashkil etib, rekord ko‘rsatkich yangilangan edi.Shu bilan birga, 26-iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) ko‘pdir.Ma’lumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27-iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kVt⋅soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 25 foizgacha pasayishiga olib keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37287694_0:317:2060:1862_1920x0_80_0_0_2033a9be5dd3b792bfd1c7a44a84ed62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elektr energiyasi iste’mol rekord
o‘zbekiston elektr energiyasi iste’mol rekord
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
14:18 27.07.2023 (yangilandi: 15:00 27.07.2023) Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi, deya xabar berdi
Energetika vazirligi. Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.
Xususan, 26-iyulda respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 250,7 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. O‘tgan yilning xuddi shu kunida jami 236,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlatilgan. Kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bo‘ldi.
Bundan oldin 12-iyul kuni respublika bo‘yicha jami iste’mol 247,5 mln kVt⋅soatni tashkil etib, rekord ko‘rsatkich yangilangan edi.
Shu bilan birga, 26-iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) ko‘pdir.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27-iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kVt⋅soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 25 foizgacha pasayishiga olib keladi.