O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga qaraganda kamaydi — Markaziy bank

© Sputnik / Mediabankka o‘tish"Mir" kartasi
Mir kartasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga 2023-yilning birinchi yarmida 5,2 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari jo‘natildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga qaraganda kamaydi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
"O‘zbekistonga 2023-yilning birinchi yarmida 5,2 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari jo‘natildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,2 foizga kamdir", dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Eslatib o‘tamiz, bugun Markaziy bank boshqaruvi 2023-yil 27-iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Yangiliklar lentasi
0