O‘sish nuqtasi: prezident Oltiariqdagi uzumzorlarni ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradnuyu plantatsiyu v Ferganskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradnuyu plantatsiyu  v Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Paxta o‘rniga uzum ekish boshlanganidan so‘ng daromad 10 baravar oshdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga amlaga oshirilayotgan tashrifi davomida Oltiariq tumanidagi fermerning uzumzorlariga tashrif buyurdi.
2020 yilda tumanda “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi tomonidan 75 gektarda uzumchilik plantatsiyasi tashkil etilgan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Oldinlari bu maydonda paxta ekilib, o‘rtacha 25 sentnerdan hosil olingan. Endi uzumning narxi bilan solishtirganda, bir gektardan daromad qariyb 10 barobar oshgan.
Bu yerda “xusayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “mersedes” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Ular kelgusi yildan to‘liq hosilga kiradi va jami 3 ming tonna uzum yetishtiriladi.
Yana bir muhim tomoni, fermer xo‘jaligida mavsumiy yumushlar bilan birga 700 kishining bandligi ta’minlangan. Ular kuniga 200 ming so‘mgacha ish haqi oladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Bog‘ yonida 2 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan sovutkichli ombor qurilgan. Bu yerda mahsulotlar saqlanib, saralanib, Turkiya va MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.
"Har bir hududning “o‘sish nuqtalari”ni rivojlantirib, odamlarga ish o‘rni va daromad manbai yaratish - davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadi. Oltiariq tumanida dehqonchilik shunday tayanch soha. Bu yerning odamlari mahsulot yetishtirish va uni eksport qilishning hadisini olgan", - deyiladi xabarda.
Prezident O‘zbekistonda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta’kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradniki v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Yangiliklar lentasi
0