"Makarov" o‘rniga: Rossiya yangi armiya to‘pponchasi qanday afzalliklarga ega

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDemonstratsiya istoricheskogo i novogo orujiya na poligone AO "SNIItochmash"
Demonstratsiya istoricheskogo i novogo orujiya na poligone AO SNIItochmash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Ijevsk mexanika zavodi 9 mm kalibrli 6P72 “Udav” to‘pponchasining birinchi partiyasini ishlab chiqarishni yakunladi. To‘pponcha ishonchli klassik va eng zamonaviy yechimlarni o‘zida mujassam etgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya armiyasini yuqori kuvvatli qurol namunalar bilan ta’minlash yaxshi sur’atlarda davom etmoqda. Yangi “Udav” (“Bo‘g‘ma ilon”) to‘pponchasining qiyin jangovar sharoitlarda o‘tkazilgan malakaviy sinovlari Ijevsk qurolsozlariga mahsulotning ishonchliligi va samaradorligini isbotlash hamda 2023-yilda ommaviy ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradi.
Ijevsk mexanika zavodi 9 mm kalibrli 6P72 “Udav” to‘pponchasining birinchi partiyasini ishlab chiqarishni yakunladi, malaka sinovlari boshlandi. Yangi armiya to‘pponchasi ishonchli “veteran” PM (Pistolet Makarova) o‘rnini bosadi, shuning uchun buyurtma talablari juda jiddiy. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi dastlab texnologik mo‘’jizani talab qildi va bunga erishdi.
© Sputnik / Andrey Stanavov / Mediabankka o‘tish“Udav” to‘pponchasi sinovi
Pistolet Udav dopushen k seriynomu proizvodstvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“Udav” to‘pponchasi sinovi
Avtomatik ravishda o‘qlanuvchi “Udav” to‘pponchasi 9 × 21 mm yuqori quvvatli patron uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 100 m gacha bo‘lgan masofada “o‘ta kuchli” ta’sirga ega, ya’ni, 2- himoya darajasida ko‘p qatlamli materiallardan tayyorlangan zamonaviy bronjiletli dushmanni mag‘lub etishni kafolatlaydi. “Udav” uchun o‘q-dorilar qatorida zirh teshuvchi o‘qlar (7BT3), po‘lat (7N29) va qo‘rg‘oshin (7N28) yadroli patronlar mavjud (ro‘yxat to‘liq emas).
“Udav” o‘ng va chap qo‘l bilan otish uchun qulay. 18 ta o‘q bilan o‘qlanadi, lazerli nishon yoki fonar biriktirish uchun universal Pikatinni plankaga ega. Shovqinsiz o‘q uzish moslamasini o‘rnatish mumkin (kojux yengil uglerod tolasidan tayyorlangan). To‘pponcha uzunligi – 206 mm, qalinligi – 36 mm, patronsiz og‘irligi – 780 g, patronlar bilan – 980 g (Makarov to‘pponchasidan bir oz og‘irroq).
© Sputnik / Andrey Stanavov / Mediabankka o‘tish“Udav” to‘pponchasi
Pistolet Udav dopushen k seriynomu proizvodstvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“Udav” to‘pponchasi
“Kalashnikov” konserni ma’lumotiga ko‘ra, “Udav”ni ishlab chiqish jarayonida dunyoda tan olingan Rossiyaning – Lebedev, Yarigin, GSh-18 to‘pponchalari, shuningdek xorijiy to‘pponchalar – Glock, Walther, Colt kabi qurol analoglaridan ustunlik qiluvchi zamonaviy usullar qo‘llangan.
“Udav” 9×18 mm kalibrli Makarov to‘pponchasiga munosib o‘rindoshdir. Bunga avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ishonch hosil qilgan edi.
To‘pponcha davlat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tajribaviy harbiy operatsiyada 6P72 ekstremal harorat sharoitida “barqaror ishlash va yuqori ballistik xususiyatlarini namoyon qildi”. Rossiya Qurolli kuchlari joriy yilda 3000 dan ortiq yangi yuqori quvvatli to‘pponcha olishni rejalashtirmoqda. Ehtimol, maxsus harbiy operatsiya hududida armiya to‘pponchasi eng muhim qurol bo‘lmas, ammo yaqin masofada jang qilish uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Klassika va zamonaviylik bir oboymada

Yangi “Udav” — bu Serdukov (SPS) avtomatik o‘qlanadigan to‘pponcha konsepsiyasining rivojlangan varianti. Harbiy va maxsus xizmatlarda keng foydalanish uchun mo‘ljallangan. To‘pponcha klassik avtomatika bilan jihozlangan, qobiq po‘lat elementli zarbaga chidamli plastikdan ishlangan. O‘qdon almashtirilganda, o‘qlar avtomatik ravishda o‘qdonga joylanadi. Yangi to‘pponcha +50 dan -70 ° S gacha bo‘lgan haroratda ishlashga mo‘ljallangan kuchli xavfsizlik xususiyati bilan ajralib turadi. “Udav” ning turli xil modifikatsiyalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan – maxsus, harbiy va fuqarolik foydalanishlar uchun. Ushbu mahsulotning eksport salohiyati ancha yuqori.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish“Udav” to‘pponchasi o‘qlari
Demonstratsiya istoricheskogo i novogo orujiya na poligone AO SNIItochmash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“Udav” to‘pponchasi o‘qlari
XX asrning o‘rtalarida Sovet armiyasi tomonidan qabul qilingan “Makarov” TT va Nagan o‘rnini bosgan. U eng yaxshi mahalliy va xorijiy modellar — masalan, FN model 1910/22, Beretta M1934, Sauer 38H, Mauser HSc ishtirokidagi tanlovda g‘olib chiqgan. Aytgancha, konstruktor Nikolay Makarov nemis Walther PP to‘pponchasini (1929 yildan beri ishlab chiqarilgan) asos qilib olgan va xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilagan.

PM ning asosiy afzalliklari – har qanday iqlim sharoitida ishonchlilik va samaradorlik, 50 metrgacha bo‘lgan masofada yuqori to‘xtatish effekti va chidamli stvoli - 50 mingtagacha o‘q uzishga qodir.

O‘qning dastlabki tezligi sekundiga 315 metrni tashkil qiladi. O‘q uzishning jangovar tezligi – daqiqada 30 ta o‘q. To‘pponcha o‘q otishning yuqori aniqlik (zichlilik) xususiyatiga ega – 25 metr masofada tarqalish radiusi atigi 75 millimetrni tashkil qiladi. 50 metr masofada yaxshi o‘qchi uchun barcha o‘qlar diametri 320 millimetr bo‘lgan doira ichiga tushadi. Oddiy o‘qning shikast yetkazish quvvati 350 metrgacha bo‘lgan masofada saqlanadi (o‘q energiyasi – 300 J). To‘pponcha yetarlicha yengil va yashirin tashish uchun qulay, o‘qlangan holatda (oboymada – 8 ta patron) og‘irligi 810 grammni tashkil qiladi.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish“Udav” to‘pponchasi
Forum Armiya-2020. Ekspozitsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“Udav” to‘pponchasi
Makarov to‘pponchasi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari ofitserlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining shaxsiy quroli bo‘lib, dunyodagi eng mashhur jangovar to‘pponchalardan biri bo‘lib qolmoqda. Biroq, yaqin janglarda o‘q otish tezligi oshishi va zirh bilan dubulg‘alarning zamonaviylashishi PM kuchini pasaytirgan. Rossiya armiyasi va boshqa kuch tuzilmalari bugungi kunda yengil, ishonchli va foydalanish uchun qulay bo‘lgan yuqori quvvatli va samarali masofaga ega individual qurollarni talab qiladi.
Ijevsk zavodi og‘ir sharoitlarda uch smenada ishlagan holda “Udav” to‘pponchasinining texnologik liniyasini o‘zlashtirdi va bir vaqtning o‘zida boshqa yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladi. “Udav” armiya va Rossiyaning boshqa harbiy tuzilmalari uchun munosib zamonaviy quroldir. To‘pponchaning nomi esa o‘qning xarakterli ovoziga mos ravishda bo‘g‘ma ilon ovozi bilan qiyoslanadi.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish“Udav” to‘pponchasi sinovi
Demonstratsiya istoricheskogo i novogo orujiya na poligone AO SNIItochmash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“Udav” to‘pponchasi sinovi
Yangiliklar lentasi
0