Kim Chen In Shoyguga yangi dronlarni ko‘rsatdi

© Foto : KCNASergey Shoygu i Kim Chen In na vistavke noveyshix voorujeniy v KNDR
Sergey Shoygu i Kim Chen In na vistavke noveyshix voorujeniy v KNDR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Sergey Shoygu Shimoliy Koreyada ishlab chiqilgan qurollarning eng yetuk namunalari bilan tanishdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga mamlakatda ishlab chiqilgan yangi dronlarni ko‘rsatdi.
Ko‘rgazmada uchuvchisiz apparatlarining ikkita namunasiga alohida e’tibor qaratildi. Mudofaa vaziriga ularning parvoz paytida aks ettirilgan suratlari ham namoyish etildi. Bu KXDR nafaqat bu dronlarni ishlab chiqqani, balki ularni sinovdan o‘tkazganidan darak beradi.
Janubiy Koreyaning "Yonhap" agentligi ta’kidlashiga ko‘ra, dronlardan biri Amerikaning zarba va razvedkachi "MQ-9 Reaper", ikkinchisi esa "PQ-4 Global Hawk" razvedkachi droniga o‘xshaydi. Bundan tashqari, ushbu qurilma Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarida mavjud bo‘lgan "Global Hawk"ka ham juda o‘xshaydi.
Mudofaa vaziri boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasi Koreya urushida harbiy harakatlar tugaganining 70-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun Shimoliy Koreyaga yetib keldi. Mudofaa vazirligida ta’kidlanganidek, tashrif Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqichga aylanadi.
Ish safari 27-iyulga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0