FXX Qora dengiz floti kemasida portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan Ukraina agentini qo‘lga oldi

© Sputnik / SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishRossiya FXX xodimi, arxiv surat
Rossiya FXX xodimi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Uni tintuv qilish chog‘ida umumiy vazni bir kilo keladigan qo‘lbola portlovchi moslama olib qo‘yilgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qora dengiz floti kemalaridan birida portlash sodir etishga uringan Ukraina agentini qo‘lga oldi. Bu haqda FXX axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ukraina maxsus xizmatlarining yuqori aniqlikdagi raketa qurolini tashuvchi Qora dengiz floti kemalaridan birida terrorchilik aktini uyushtirishga bo‘lgan urinishining oldi olindi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Ukraina razvedkasi yollagan Rossiya Harbiy-dengiz flotida xizmat qiluvchi shaxs qo‘lga olgan. Uni tintuv qilish chog‘ida umumiy vazni bir kilo keladigan qo‘lbola portlovchi moslama olib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, qo‘lga olingan shaxs dushmanga davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni berganlikda gumon qilinmoqda.
Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish borasida qaror qabul qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0