Futbol: O‘zbekistonning JCh hamda Osiyo kubogi saralash musobaqalaridagi raqiblari ma’lum

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin oldi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati hamda 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining 1 va 2-qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Marosim Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasining qarorgohida o‘tkazildi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin oldi.
“E” guruhidan o‘rin olgan jamoalar:
Eron
O‘zbekiston
Turkmaniston
Gonkong / Butan
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana“E” guruhi
Itogi jerebyevki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
“E” guruhi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh uchrashuvlari taqvimi quyidagicha:
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaRaspisanie matchey Uzbekistana
Raspisanie matchey Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Raspisanie matchey Uzbekistana
2023 yil 16-noyabr: Turkmaniston - O‘zbekiston
2023 yil 21-noyabr: O‘zbekiston - Eron
2024 yil 21-mart: Gonkong yoki Butan - O‘zbekiston
2024 yil 26-mart: O‘zbekiston - Gonkong yoki Butan
2024 yil 6-iyun: O‘zbekiston - Turkmaniston
2024 yil 11-iyun: Eron - O‘zbekiston
Guruhdan ikkita jamoa keyingi bosqichga chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0