https://oz.sputniknews.uz/20230727/bmt-konferentsiya-ozbekiston-agro-qollab-quvvatlash-37263746.html
BMT konferensiyasida O‘zbekistonning agro islohatlari qo‘llab-quvvatlandi
BMT konferensiyasida O‘zbekistonning agro islohatlari qo‘llab-quvvatlandi
Sputnik O‘zbekiston
FAO konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.
2023-07-27T09:07+0500
2023-07-27T09:07+0500
2023-07-27T11:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bmt
qishloq xo‘jaligi vazirligi
aziz voitov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37263921_0:0:2048:1152_1920x0_80_0_0_8f0157a641c76e5c841caf5884fb0137.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘ldi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Mazkur konferensiyada 160 dan ortiq davlatlardan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.O‘zbekiston delegatsiyasi dastlab butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.Jumladan, mamlakatda 600 mingta oilaga ajratilgan 200 ming gektar yer, ta’lim muassasalaridagi bepul ovqatlanish uchun ajratilgan 204 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.Ayni paytda mamlakatda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanilishiga erishiladi.Ma’lumot uchun, mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad 2022-yilda BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammiti yakunlari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy omili sifatida oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish orqali erishilgan yutuqlarni baholashdan iborat.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37263921_256:0:1792:1152_1920x0_80_0_0_a5f16446ccd59a41c5dd51fd3d84eac6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmt fao konferensiya o‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizlik
bmt fao konferensiya o‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizlik
BMT konferensiyasida O‘zbekistonning agro islohatlari qo‘llab-quvvatlandi
09:07 27.07.2023 (yangilandi: 11:33 27.07.2023) FAO konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘ldi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Mazkur konferensiyada 160 dan ortiq davlatlardan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi dastlab butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.
Jumladan, mamlakatda 600 mingta oilaga ajratilgan 200 ming gektar yer, ta’lim muassasalaridagi bepul ovqatlanish uchun ajratilgan 204 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ayni paytda mamlakatda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanilishiga erishiladi.
“Konferensiyada chiqish davomida bayon etilgan masalalar xorijlik mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad 2022-yilda BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammiti yakunlari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy omili sifatida oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish orqali erishilgan yutuqlarni baholashdan iborat.