Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi — foto
16:53 27.07.2023 (yangilandi: 17:08 27.07.2023)
Obuna bo‘lish
Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari 2023-yil 1-avgustdan joriy etiladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Bu Hukumat tomonidan qabul qilingan 313-sonli qarorda nazarda tutilgan.
2023 yil 1-avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
© Gosudarstvenniy nalogoviy komitet respubliki Uzbekistan
1/2
© Gosudarstvenniy nalogoviy komitet respubliki Uzbekistan
© Gosudarstvenniy nalogoviy komitet respubliki Uzbekistan
2/2
© Gosudarstvenniy nalogoviy komitet respubliki Uzbekistan
Bunda:
ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlariga ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
2024 yil 1-noyabrdan eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda sotilishining oldini olish choralari ko‘riladi.
Qarorga ko‘ra, aroq mahsulotlarini saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha etib belgilanadi.
Ma’lumot uchun, aksiz - iste’mol tovarlari ishlab chiqarish vaqtida mamlakat ichida qo‘llaniladigan bilvosita soliq hisoblanadi.