https://oz.sputniknews.uz/20230726/toshkent-viloyati-xorij-brendlari-kiyim-kechak-ishlab-chiqarish-37213665.html
Toshkent viloyatida mashhur xorij brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqariladi — hokimlik
Toshkent viloyatida mashhur xorij brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqariladi — hokimlik
Sputnik O‘zbekiston
Yangiyo‘l tumanida xorij brendi ostida tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
2023-07-26T09:37+0500
2023-07-26T09:37+0500
2023-07-26T13:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
turkiya
toshkent viloyati
mahsulot
tekstil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23971403_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e4db5eb0d6e98c360f6a42f24bec6e7f.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida xorij brendlari ostida kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.Aytilishicha, viloyatning Yangiyo‘l tumanida “ZARA” va “COLUMBIA” brendi ostida tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.Shu maqsadda tuman mas’ullari umumiy qiymati 25 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali 2 ta bosqichdan iborat tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan Turkiyaning “MEDEX TEXTILE” korxonasi rahbari Yavuz Orxan bilan uchrashdi.Qayd etilishicha, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash ishlarini amalga oshirish loyihasini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.“Mazkur loyihalar doirasida 500 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yiligi 20-30 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish nazarda tutilgan”, - deyiladi xabarda.Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 oyi mobaynida tumanda umumiy qiymati 48,3 mln dollar miqdorida 36 ta loyiha ishga tushirilib, 1782 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ushbu loyihalarning asosiy qismi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23971403_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ffa3d8c1ed749de250c92a0d3c1e0835.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent viloyati xorij brendlari kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yangiyo‘l
toshkent viloyati xorij brendlari kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yangiyo‘l
Toshkent viloyatida mashhur xorij brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqariladi — hokimlik
09:37 26.07.2023 (yangilandi: 13:44 26.07.2023) Yangiyo‘l tumanida xorij brendi ostida tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida xorij brendlari ostida kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi, deya xabar berdi
viloyat hokimligi. Aytilishicha, viloyatning Yangiyo‘l tumanida “ZARA” va “COLUMBIA” brendi ostida tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda tuman mas’ullari umumiy qiymati 25 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali 2 ta bosqichdan iborat tekstil-to‘qimachilik yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan Turkiyaning “MEDEX TEXTILE” korxonasi rahbari Yavuz Orxan bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash ishlarini amalga oshirish loyihasini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
“Mazkur loyihalar doirasida 500 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yiligi 20-30 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish nazarda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 oyi mobaynida tumanda umumiy qiymati 48,3 mln dollar miqdorida 36 ta loyiha ishga tushirilib, 1782 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ushbu loyihalarning asosiy qismi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.