Toshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” ilk bitiruvchilarini kuzatdi

© Agentstvo UzatomToshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” ilk bitiruvchilari.
Toshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” ilk bitiruvchilari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur oliygoh 2019-yil 3-sentabrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan
TOShKENT, 26-iyul – Sputnik “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali ilk bitiruvchilarini kuzatdi, deya xabar bermoqda UzA.
© Agentstvo UzatomToshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” ilk bitiruvchilari
Sostoyalsya vipusknoy vecher pervix bakalavrov filiala Natsionalnogo issledovatelskogo yadernogo universiteta Moskovskiy injenerno-fizicheskiy institut v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Toshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” ilk bitiruvchilari
Bitiruv kechasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshev, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktorining inson resurslari bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Terentyevalar ishtirok etgan.

Mazkur oliygoh prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan va 2019-yil 3-sentabrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur oliygohda ayni paytda 275 nafar talaba “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyasi”, “Elektr energetikasi va elektrotexnika”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi” yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
Bu yil universitetni 62 nafar bakalavr o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi va kechada ularga diplomlar topshirildi.
Ta’kidlanishicha, universitetning Toshkentdagi filiali faoliyati va ta’lim jarayonlarida “Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston atom sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida kadrlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Yangiliklar lentasi
0