Qamchiq dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovQamchiq dovoni, arxiv surat
Qamchiq dovoni, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Qamchiq dovonida Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakat qisqa muddatga cheklandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida (A-373 yo‘lining 260-kilometri) harakat qisqa muddatga cheklandi.
Qayd etilishicha, mazkur hududda Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

“Avtomobil yo‘li transport vositalarining harakati uchun soat 10:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklandi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0