https://oz.sputniknews.uz/20230726/ozbekiston-xorij-fuqarolar-qizamiq-aniqlanmoqda-sanepidqomita-37195796.html
O‘zbekistonga xorijdan kelgan ayrim fuqarolarda qizamiq aniqlanmoqda — Sanepidqo‘mita
O‘zbekistonga xorijdan kelgan ayrim fuqarolarda qizamiq aniqlanmoqda — Sanepidqo‘mita
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga kirib kelgan 164 nafar fuqaroda qizamiq kasalligi aniqlandi.
2023-07-26T06:51+0500
2023-07-26T06:51+0500
2023-07-26T13:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jsst
kasallik
qizamiq
sanitariya-epidemiologiya xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36070204_0:219:2863:1829_1920x0_80_0_0_25b6dcf804e095e6d3d0e88468b07be6.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.Mamlakatda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.Hozirda mamlakatda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023-yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.Qo‘shni mamlakatlar Afg‘onistonda 2023-yilning hozirgacha bo‘lgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozog‘istonda 169 ta holat qayd etilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36070204_67:0:2798:2048_1920x0_80_0_0_67fd79e12f1d0780457a0fe9ef5458db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xorij fuqarolar qizamiq kasallik sanepidqo‘mita
o‘zbekiston xorij fuqarolar qizamiq kasallik sanepidqo‘mita
O‘zbekistonga xorijdan kelgan ayrim fuqarolarda qizamiq aniqlanmoqda — Sanepidqo‘mita
06:51 26.07.2023 (yangilandi: 13:13 26.07.2023) O‘zbekistonga kirib kelgan 164 nafar fuqaroda qizamiq kasalligi aniqlandi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita
xabar berdi. “Respublikamizda joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan. Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan”, - deyiladi xabarda.
Mamlakatda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.
Hozirda mamlakatda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023-yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.
Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.
Qo‘shni mamlakatlar Afg‘onistonda 2023-yilning hozirgacha bo‘lgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozog‘istonda 169 ta holat qayd etilgan.