Noqonuniy alkogol ishlab chiqarganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi — Oliy Majlis

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPivo, arxiv surat
Pivo, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Deputatlar inson hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarganlik va muomalaga kiritganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirishni taklif etishdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, deputatlar kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarning muomalasiga chek qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Ushbu qonun loyihasi bilan inson hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarganlik va muomalaga kiritganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi taklif etilmoqda.
Jumladan, inson sog‘lig‘i va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.

“Bundan tashqari, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo chorasi og‘irlashtirilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalangan holda, mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilib, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar tartibi aniq belgilab berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0