“CAFA Futsal Cup 2023”: O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lub etdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik futzalchilar Turkmanistondan 3:1 hisobida ustun kelishdi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston poytaxtida o‘tayotgan “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasi doirasidagi navbatdagi o‘yinni Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Raqib darvozaga birinchi golni Ixtiyor Ropiyev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Akbar Usmonov, 3-golga esa Ilhom Hamroyev mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqanning 1-bosqichida O‘zbekiston Tojikistonni 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Musobaqaning 4-turida O‘zbekiston Eronga qarshi o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0