Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga Van I qayta tayinlandi

© Sputnik / Anton Novoderejkin / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s chlenom Politburo SK KPK Van I
Prezident RF V. Putin vstretilsya s chlenom Politburo SK KPK Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy parlamenti Sin Ganni Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlatdi va Van Ini ushbu lavozimga qayta tayinladi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Xitoy parlamenti Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasining 4-sessiyasi qaroridan kelib chiqib, Sin Ganni tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlatish va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Tashqi ishlar komissiyasi departamenti rahbari Van Ini yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani haqida e’lon qildi.
“Ovoz berish natijasida Sin Ganni XXR tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlatish va Van Ini tashqi ishlar vaziri etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi hujjatda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, majlisni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi boshqargan, tegishli farmonni Xitoy rahbari Si Szinpin imzolagan.
Kadrlar almashtirilishi sabablari haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Sin Gan 11-15 iyul kunlari Jakartada bo‘lib o‘tgan ASEAN tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida “sog‘lig‘i sababli” qatnasha olmasligini e’lon qilgan edi. Uning o‘rniga Indoneziyaga XKP Markaziy Qo‘mitasining Tashqi ishlar komissiyasi bo‘limi boshlig‘i Van I ishtirok etgan edi.
Sin Gan 1966 yil mart oyida Tanszinda tug‘ilgan. 1988-yildan buyon turli diplomatik lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2010-2011 yillarda Xitoyning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2018-2021 yillarda XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2021-yil iyul oyidan buyon Xitoyning AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan. Sin Gan 2022-yil 30-dekabrda Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Van I 2013 yil 16-martdan 2022-yil 30-dekabrgacha – Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri. 2018-yil martidan 2022-yil dekabr oyi oxirigacha Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi ham bo‘lgan.
2022 yil 23-oktabrda Xitoy Kommunistik partiyasi 20-Markaziy qo‘mitasining 1-plenumida u XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zoligiga saylandi.
2023 yil 1-yanvarda u Xitoy Kommunistik partiyasi Bosh kotibiga bevosita bo‘ysunuvchi Xitoy Xalq Respublikasidagi oliy diplomatik lavozim — XKP Markaziy Qo‘mitasining Tashqi ishlar komissiyasi departamenti rahbari etib tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0