https://oz.sputniknews.uz/20230725/xalqaro-fan-olimpiada-ozbekistonlik-oquvchilar-medal-37133310.html
Xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofoti beriladi — vazir
Xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofoti beriladi — vazir
Sputnik O‘zbekiston
Shveysariyada kimyo fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi.
2023-07-25T10:02+0500
2023-07-25T10:02+0500
2023-07-25T18:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
hilola umarova
oltin medal
o‘quvchilar
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37190298_72:6:1878:1022_1920x0_80_0_0_af128efca3df9bee7ffdeaa05313b22c.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Shveysariyada bo‘lib o‘tgan xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta medalga ega chiqishdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘zning Telegram-kanalida xabar berdi.Surix shahrida 16-25 iyul kunlari o‘tkazilgan 55-xalqaro kimyo olimpiadada 90 ga yaqin mamlakatdan 350 nafargacha maktab o‘quvchilari ishtirok etgan.Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar:Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 3-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, xalqaro olimpiadalarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Unga ko‘ra, oltin medal olgan o‘quvchiga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga esa 450 baravari (148,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofotlari beriladi. Shuningdek, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m), bronza medal uchun o‘quvchi BHMning 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti oladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37190298_247:3:1609:1024_1920x0_80_0_0_143a312f31fc91b621b6da3447b2f81b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shveysariya o‘zbekiston xalqaro olimpiada medal abu ali ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab azizbek nazarov uchtepa tumanidagi 81-maktab abdulloh mahmudov shahzoda hakimova toshkent shahridagi prezident maktabi sohibjon dilmurodov
shveysariya o‘zbekiston xalqaro olimpiada medal abu ali ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab azizbek nazarov uchtepa tumanidagi 81-maktab abdulloh mahmudov shahzoda hakimova toshkent shahridagi prezident maktabi sohibjon dilmurodov
Xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofoti beriladi — vazir
10:02 25.07.2023 (yangilandi: 18:32 25.07.2023) Shveysariyada kimyo fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilar ikkita oltin medal qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Shveysariyada bo‘lib o‘tgan xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta medalga ega chiqishdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘zning
Telegram-kanalida xabar berdi.
Surix shahrida 16-25 iyul kunlari o‘tkazilgan 55-xalqaro kimyo olimpiadada 90 ga yaqin mamlakatdan 350 nafargacha maktab o‘quvchilari ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Oltin - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov;
Kumush - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova;
Bronza - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 3-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, xalqaro olimpiadalarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Unga ko‘ra, oltin medal olgan o‘quvchiga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga esa 450 baravari (148,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofotlari beriladi. Shuningdek, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m), bronza medal uchun o‘quvchi BHMning 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti oladi.