Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kishini holsizlantirib, uxlatib qo‘yuvchi ovqatlar

© dreamstime/rufatjumaliMolodaya jenshina yest pissu
Molodaya jenshina yest pissu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
Ovqat foydali ham zararli ham bo‘lishi mumkin. Bugungi maqolamizga gap kishini uxlatib qo‘yuvchi ovqatlar haqida.
Turli hil oziq-ovqat inson ruhiyatini tetik qilishi ham va aksincha, uni holsizlantirib, uxlatib qo‘yishi ham mumkin. Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Rustem Sodiqov qanday ovqatdan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi.
Charchoq va uyquga sabab bo‘luvchi ovqatlar qatorida, birinchi navbatda, konfet, gazlangan suv va shirin ichimliklar kabi shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar kiradi. Ularni iste’mol qilganda inson organizmida shakar miqdori keskin oshadi va keyin xuddi shunday tez tushadi. Glyukoza miqdori keskin o‘zgarishi kayfiyatning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deya ogohlantirdi ekspert.
© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProduksiya zavoda Coca-Cola
Produksiya zavoda Coca-Cola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Produksiya zavoda Coca-Cola
Ikkinchidan, yuqori navli oq undan tayyorlangan taomlar ham letargiyaga (uxlab qolish) olib kelishi mumkin. Ular orasida: oq non, xamir ovqatlar, makaron. Shuningdek, hazm qilish qiyin bo‘lgan taomlar: masalan, burgerlar, qovurilgan kartoshka, qovurilgan go‘sht, yog‘li va qizarib pishgan boshqa ovqatlar.
© unsplash/micheile dot comApelsinoviy pirog.
Apelsinoviy pirog. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Apelsinoviy pirog.
Uchinchidan, alkogolli ichimliklar faqat birinchi qarashda kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. U spirtli ichimliklar dastlab kayfiyatni ko‘tarishi mumkin, lekin keyinchalik ular uyqu rejimini buzadi va ertasi kuni inson o‘zini charchagan va zaif his qiladi.
© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishBarmen nalivayet vino v bokal
Barmen nalivayet vino v bokal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Barmen nalivayet vino v bokal
To‘rtinchidan, glikatsiya (shakarning oqsilga yopishib qolishi) xususiyati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ham kishini charchatib qo‘yadi, deydi mutaxassis. Bunday ovqatlarga parmezan pishlog‘i, dudlangan baliq, qizartirib qovurilgan go‘sht, shirin xamir ovqatlar kiradi. Bunday mahsulotlarning hazm bo‘lishi va tanadan chiqib ketishi juda qiyin. Bu jarayon insonning juda ko‘p energiyasini talab qiladi va uni holsizlanishiga sabab bo‘ladi.
Samsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Samsa
Ilgari biz qanday ovqatlar energiya berishi haqida yozgan edik.
Yangiliklar lentasi
0