Bugun Toshkentdagi qator ko‘chalarda elektr ta’minoti o‘chiriladi — manzil

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filialiElektr energiyasi
Elektr energiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
Sergeli va Yashnabod tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentdagi qator ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning Sergeli va Yashnabod tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
25 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani:"Nog‘ayqo‘rg‘on" va "Qubaytepa" MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani:"Ko‘ksaroy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Aytilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0