Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

© Slujba bezopasnosti dorojnogo dvijeniyaQamchiq dovonida yuk transport vositasi ag‘darilib ketdi
Qamchiq dovonida yuk transport vositasi ag‘darilib ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
Yuk avtomashina haydovchisi yo‘l o‘rtasida qaychi usulida to‘xtab qolgan, natijada uning ortidan kelayotgan qurilish mahsuloti tashishga mo‘ljallangan avtomashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kecha tunda "Qamchiq" dovoni hududida yuk transport vositasi avtomobil yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24-iyul kuni soat 17:30 larda "Qamchiq" dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 243-kilometrida "Sinotruk Howo" rusumli yuk transport vositasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotganligi sababli avtomobil yo‘l chetiga ag‘darilgan.
© Slujba bezopasnosti dorojnogo dvijeniyaQamchiq dovonida yuk transport vositasi ag‘darilib ketdi
Na Kamchike perevernulsya gruzovik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Qamchiq dovonida yuk transport vositasi ag‘darilib ketdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, "DAF" rusumli yuk avtomashina haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l o‘rtasida qaychi usulida to‘xtab qolgan, natijada yoqilg‘isi oqib ketgan.
Uning ortidan kelayotgan "CIMC" rusumli qurilish mahsuloti tashishga mo‘ljallangan avtomashina toyib ketib yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.
Haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilishi vaqtida qisqa tirbandlik yuzaga kelgan. Tan jarohati olgan yoki vafot etganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0