O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus bo‘linmalari Issiqko‘lda mashg‘ulot o‘tkazmoqda — foto

© Foto / press-slujba Generalnogo shtaba VS KRSovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule
Sovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "spesnaz"i va saporlari Issiqko‘lda harbiy mashqlarda qatnashmoqda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy gvardiya maxsus va muhandis-sapor bo‘linmalari Issiqko‘lda o‘quv mashg‘ulotlarini boshlashdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 23-iyul, yakshanba kuni ikki mamlakat milliy gvardiyasi maxsus kuchlari va muhandis-sapor bo‘linmalari bilan qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlar hamda treninglar tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
© Foto / press-slujba Generalnogo shtaba VS KRO‘zbekiston maxsus kuchlari Issiqko‘lda harbiy mashqlarda qatnashmoqda
Sovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
O‘zbekiston maxsus kuchlari Issiqko‘lda harbiy mashqlarda qatnashmoqda
Mashg‘ulotlar 2-avgustga qadar 20636-sonli harbiy qismning o‘quv markazida (“Edelveys“) o‘tkaziladi.
© © Foto / press-slujba Generalnogo shtaba VS KRO‘zbekiston maxsus kuchlari Issiqko‘lda harbiy mashqlarda qatnashmoqda
Sovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
O‘zbekiston maxsus kuchlari Issiqko‘lda harbiy mashqlarda qatnashmoqda
“Harbiy xizmatchilarimiz hafta davomida o‘zbekistonlik hamkasblari bilan maxsus bo‘linmalarni tayyorlash masalalarini ishlab chiqadi. Rejaga ko‘ra, maxsus taktik, hujum, tog‘ tayyorgarligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Shuningdek, muhandis-sapor bo‘linmalari uchun maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi”, — deyilgan xabarda.
© Foto / press-slujba Generalnogo shtaba VS KRSovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule
Sovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Sovmestnie ucheniya podrazdeleniy spesnaza i saperov Uzbekistana i Kirgizstana na Issik-Kule
Bundan oldin O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari birgalikda harbiy mashg‘ulotni o‘tkazishgandi.
Yangiliklar lentasi
0