Elektromobillar importi qariyb 5 barobarga oshdi

© Depositphotos.com / NewAfricaZaradka elektromobiley. Illyustrativnoe foto
Zaradka elektromobiley. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillar importi qariyb 5 barobarga oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha,O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 167 mln dollarga 5 403 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4289 taga yoki qariyb 5 barobarga oshgan.
6 oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
Xitoy – 4 956 ta
Gonkong – 348 ta
Germaniya – 57 ta
BAA – 16 ta
Koreya – 12 ta
AQSh – 7 ta
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shu yilning 4 oyi davomida xorijdan 81,3 mln dollarga teng bo‘lgan elektromobillar import qilgani ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0