Tez orada O‘zbekistonda xalqaro brend ostida yangi mehmonxonalar ish boshlaydi

© Press-slujba Ministerstva kulturi i turizma RUzMadaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi
Madaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklarining Rotana brendi O‘zbekistonning 4 ta shahrida mehmonxonalarni ishga tushirish taklifini berdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tez orada O‘zbekistonda Birlashgan Arab Amirliklari brendi ostida mehmonxonalar ish boshlaydi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Rotana Hotels and Resorts (Rotana mehmonxonalar boshqaruvi) korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi Husayn al Novais bilan uchrashdi.
Xorijlik mehmon arab davlatlarida O‘zbekiston bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilayotgan bo‘lsada, bu quyoshli yurtning to‘liq imkoniyatlarini ochib bera olmayotganligini ta’kidladi. Shu boisdan kelajakda bu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalasini ilgari surdi.
© Press-slujba Ministerstva kulturi i turizma RuzMadaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi
Ministr kulturi i turizma RUz Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Madaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi
Ikki tomonlama o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida shuyilning oktabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambliyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda korporatsiyaning ishtiroki va uning doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
© Press-slujba Ministerstva kulturi i turizma RUzMadaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi
Chlen Soveta direktorov korporatsii Rotana Hotels and Resorts Xuseyn al-Novais  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Madaniyat va turizm vaziri Rotana Hotels and Resorts korporatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi bilan uchrashdi
"Muloqot yakunida Husayn al Novais Rotana korporatsiyasi brendi ostida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida mehmonxonalar boshqaruvi bilan shug‘ullanish yoki investitsiya kiritgan holda yangi mehmonxonalarni ishga tushirish taklifini berdi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, xorijdan sifatli kadrlarni jalb etgan holda o‘zbekistonlik yoshlarni ishga tayyorlash va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlarni dunyo bo‘ylab Rotana brendi mehmonxonalarida malakasini oshirish loyihalari ham o‘rganildi.
Tomonlar mazkur loyihalar bo‘yicha tez kunlarda kompaniyaning maxsus ishchi guruhini O‘zbekistonda qabul qilish va ish jarayonlariga kirishish borasida kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0