https://oz.sputniknews.uz/20230725/akademik-litseylar-kirish-test-sinovlari-natijasi-elon-qilish-37138036.html
Akademik litseylarga kirish testlar natijasi 5 kundan so‘ng e’lon qilinadi
Akademik litseylarga kirish testlar natijasi 5 kundan so‘ng e’lon qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Kecha, 2023/2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi. Hozirda natijalarni hisoblash jarayonlari ketmoqda.
2023-07-25T12:10+0500
2023-07-25T12:10+0500
2023-07-25T13:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
akademik litsey
imtihon
test sinovlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37139616_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f2a68278f962c6cfd959a245ba80bb9e.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijasi 5 kundan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.2023/2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37139616_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_041039bdde2108a8f44fd2b9290eef17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
akademik litseylarga kirish test sinovlari natija
akademik litseylarga kirish test sinovlari natija
Akademik litseylarga kirish testlar natijasi 5 kundan so‘ng e’lon qilinadi
12:10 25.07.2023 (yangilandi: 13:49 25.07.2023) Kecha, akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi. Hozirda natijalarni hisoblash jarayonlari ketmoqda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijasi 5 kundan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi. "Test sinovi natijalari agentlik tomonidan 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi", deyiladi xabarda.
2023/2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.