https://oz.sputniknews.uz/20230724/xitoy-harbiy-kemalari-vladivostokda-tantanali-kutib-olindi-37120825.html
Xitoy harbiy kemalari Vladivostokda tantanali kutib olindi — foto
Xitoy harbiy kemalari Vladivostokda tantanali kutib olindi — foto
Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy hamkorlik – 2023” Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlaridan so‘ng Xitoyning to‘rtta harbiy kemasi Vladivostokka keldi.
2023-07-24T20:18+0500
2023-07-24T20:18+0500
2023-07-24T20:18+0500
dunyoda
rossiya
xitoy
harbiy
harbiy hamkorlik
o‘quvlar
vladivostok
uzoq sharq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37122279_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_866c4295f8721b107949717af19d825e.jpg
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining harbiy kemalari otradi Vladivostokga xizmat chaqiruvi bilan keldi, deb ma’lum qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.Primore poytaxti markazidagi asosiy dengiz pristanida tashrif buyuruvchi kema – Rossiya Tinch okean flotining “Admiral Tribus” suv osti kemalariga qarshi yirik kemasi hamda Xitoyning "Sitsikar" va "Guiyan" esmineslari hamda "Szaochjuan" va "Jichjao" patrul kemalari va "Tayxu" kompleks ta’minot kemasi Vladivostok portida langar tashladi.Pristanda Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Davlat bayroqlari ko‘tarilib, ikki davlat madhiyalari yangradi. An’anaga ko‘ra, rus milliy libosidagi qizlar mehmonlarni non va tuz bilan kutib olishdi. Rossiya Tinch okean floti qo‘mondoni o‘rinbosari vitse-admiral Denis Berezovskiy xitoylik harbiy dengizchilarni qutladi va ularni Shimoliy dengiz o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.Xitoylik dngizchilaring tashrifi 27-iyulga qadar davom etadi. Tashrif doirasida xitoylik dengizchilarni Tinch okean floti qo‘mondoni admiral Viktor Liina qabul qiladi. Shuningdek, mehmonlar Primorskiy poytaxtining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishadi va rossiyalik dengizchilar bilan birgalikda sport musobaqalarida ishtirok etishadi.“Shimoliy hamkorlik – 2023”Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining “Shimoliy hamkorlik – 2023” qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari 20-iyuldan 23-iyulgacha Yaponiya dengizida bo‘lib o‘tdi.Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi dengiz hamkorligini mustahkamlash, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va tinchlikni saqlashdan iborat.Mashqlarda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Tinch okean flotining yirik suv osti kemalariga qarshi kemalari “Admiral Tribus” va “Admiral Panteleyev”, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni "Aldar Tsidenjapov" va "Gremashchiy" korvetlari, shuningdek, yordamchi kemalar qatnashmoqda.Xitoy harbiy dengiz kuchlari "Sitsikar" va "Guyan" esmineslari, "Szaochjuan" va "Jichjao" patrul kemalari hamda "Tayxu" kompleks ta’minot kemasi jalb etilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarga har ikki tomondan dengiz aviatsiyasining 30 dan ortiq samolyotlari, jumladan, suv osti kemalariga qarshi samolyotlar va vertolotlar, tutib oluvchi qiruvchi samolyotlar jalb etilgan.
xitoy
vladivostok
uzoq sharq
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37122279_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_a97f4cc3145611efc4c3edb7bbda2634.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“shimoliy hamkorlik – 2023” rossiya xitoy harbiy dengiz qo‘shma xitoyning harbiy kema vladivostok
“shimoliy hamkorlik – 2023” rossiya xitoy harbiy dengiz qo‘shma xitoyning harbiy kema vladivostok
Xitoy harbiy kemalari Vladivostokda tantanali kutib olindi — foto
“Shimoliy hamkorlik – 2023” Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlaridan so‘ng Xitoyning to‘rtta harbiy kemasi Vladivostokka tashrif buyurdi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining harbiy kemalari otradi Vladivostokga xizmat chaqiruvi bilan keldi, deb ma’lum qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Primore poytaxti markazidagi asosiy dengiz pristanida tashrif buyuruvchi kema – Rossiya Tinch okean flotining “Admiral Tribus” suv osti kemalariga qarshi yirik kemasi hamda Xitoyning "Sitsikar" va "Guiyan" esmineslari hamda "Szaochjuan" va "Jichjao" patrul kemalari va "Tayxu" kompleks ta’minot kemasi Vladivostok portida langar tashladi.
Pristanda Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Davlat bayroqlari ko‘tarilib, ikki davlat madhiyalari yangradi. An’anaga ko‘ra, rus milliy libosidagi qizlar mehmonlarni non va tuz bilan kutib olishdi.
Rossiya Tinch okean floti qo‘mondoni o‘rinbosari vitse-admiral Denis Berezovskiy xitoylik harbiy dengizchilarni qutladi va ularni Shimoliy dengiz o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.
Xitoylik dngizchilaring tashrifi 27-iyulga qadar davom etadi. Tashrif doirasida xitoylik dengizchilarni Tinch okean floti qo‘mondoni admiral Viktor Liina qabul qiladi. Shuningdek, mehmonlar Primorskiy poytaxtining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishadi va rossiyalik dengizchilar bilan birgalikda sport musobaqalarida ishtirok etishadi.
“Shimoliy hamkorlik – 2023”
Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining “Shimoliy hamkorlik – 2023” qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari 20-iyuldan 23-iyulgacha Yaponiya dengizida bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi dengiz hamkorligini mustahkamlash, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va tinchlikni saqlashdan iborat.
Mashqlarda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Tinch okean flotining yirik suv osti kemalariga qarshi kemalari “Admiral Tribus” va “Admiral Panteleyev”, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni "Aldar Tsidenjapov" va "Gremashchiy" korvetlari, shuningdek, yordamchi kemalar qatnashmoqda.
Xitoy harbiy dengiz kuchlari "Sitsikar" va "Guyan" esmineslari, "Szaochjuan" va "Jichjao" patrul kemalari hamda "Tayxu" kompleks ta’minot kemasi jalb etilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarga har ikki tomondan dengiz aviatsiyasining 30 dan ortiq samolyotlari, jumladan, suv osti kemalariga qarshi samolyotlar va vertolotlar, tutib oluvchi qiruvchi samolyotlar jalb etilgan.