Rossiya Mudofaa vazirligi 24-iyul hisoboti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRascheti RSZO "Grad" SVO vedut ogon agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Krasnolimanskom napravlenii.
Rascheti RSZO Grad SVO vedut ogon agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Krasnolimanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
Kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida muvaffaqiyatsiz hujumlar uyushtirishga harakat qildi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining hisoboti, 24-iyul holatiga:

Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari LXRning Belogorovka va DXRNing Klesheyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 6ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Vesoloe, Bogdanovka, Predtexino, Belaya Gora va Dileyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 160 dan ortiq harbiy xizmatchilari, bitta tanki, ikkita mashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsalari yo‘q qilindi.
DXRning Avdeyevka aholi punkti yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Karmazinovka DXRning Yampolovka, Torskoe va Serebranka aholi punktlari hududida dushmanning beshta hujumini qaytardi. LXRNning Novolyubovka aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushmanning 195 nafar harbiy xizmatchilari, 4ta BMP, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, uchta pikap, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Makarovka va Zaporoje viloyatining Levadnoe, Malaya Tokmachka, Orexov va Patixatki aholi punktlari hududlarida dushmanga kuchli zarba berdi. Mirnoe posolkasi hududida UQK diversion-razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishlarda dushmanning 120 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporoje viloyatining Kamenskoe posolkasi hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining 128-tog‘li hujum brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Petropavlovka, Tabayevka va Peschanoe aholi punktlari hududlarida UQKning 95 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi, Fransiyada ishlab chiqarilgan Caesar o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyati Kraxmalnoe qishlog‘i yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 45 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Zmiyevka posolkasi hududida UQKning o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 137 ta tumanda joylashgan 102 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Dzerjinsk qishlog‘i yaqinida UQKning 24-mexanizatsiyalashgan brigadasining aloqa markaziga zarba berildi.
Zaporoje viloyatining Orexov va Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti va Ukraina Qurolli Kuchlarining 33-mexanizatsiyalashgan brigadasining harbiy texnikasi yoqilg‘i omboriga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv tizimi raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, Kolomiychixa, Kuzemovka, Topolevka, Kremennaya, Kovalevka, Berezove, Belogorovka, Zeleniy Gay, Patixatki, Novaya Kaxovka va Sagi aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 35 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 457 ta samolyot, 243 ta vertolot, 5 236 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa tizimi, 10 868 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 139 ta taktiv o‘t ochar tizimlar jangovar mashinalari, 5 580 ta dala artilleriya to‘plari va minomotlar, shuningdek 11860ta maxsus harbiy avtomobillar yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0