Putin Rossiya va Afrika o‘rtasidagi munosabatlar haqida maqola yozdi — asosiy fikrlar

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari Afrika OAVlari uchun munosabatlarni rivojlashtirish borasidagi qarashlari va don bitimiga bag‘ishlagan maqola yozdi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya va Afrika: tinchlik, taraqqiyot va muvaffaqiyatli kelajak uchun harakatlarni birlashtirib” nomli maqola yozdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Maqoladagi asosiy fikrlar:
O‘z insonparvarlik mohiyatini oqlamagan don kelishuvining davom etishi ma’nosini yo‘qotdi
Bir yilda Ukrainadan 32,8 mln tonna yuk eksport qilingan, ulardan 70% yaxshi daromadga ega bo‘lgan mamlakatlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqiga yetkazilgan. Bu paytda esa Efiopiya, Sudan va Somali hamda Yaman va Afg‘oniston hissasiga esa umumiy hajmdan 3% dan kamrog‘i to‘g‘ri kelgan.
Kelishuvdan Ukraina donini qayta sotish orqali AQSh va Yevropani boyitish uchun bezbetlarcha foydalanilgan.
Rossiya doni va o‘g‘itlarining dunyo bozoriga yetkazishni sanksiyalardan chiqarish borasidagi shartlarning birortasi ham bajarilmagan.
To‘siqlar Rossiya mineral o‘g‘itlarining muhtoj mamlakatlarga beg‘araz tarzda yetkazishga ham taalluqli edi.
Yevropa portlarida to‘sib qo‘yilgan 262 000 tonna mahsulotdan faqat 2 partiyasi yuborildi: 20 000 tasi Malaviga va 34 000 tasi Keniyaga.
Qolgani vijdonsiz yevropaliklarning qo‘lida qolmoqda, garchi gap insonparvarlik harakati haqida ketayotganiga qaramay. Unga nisbatan hech qanday sanksiyalar qo‘llanilmasligi kerak.
Rossiya Afrikaga don, oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazilishni tashkillashtirish borasida tinmay ishlashda davom etadi
Rossiya bu yil rekord hosil olish kutilayotgani sababli ukrain g‘allasini ham tijorat, ham beg‘araz tarzda o‘rnini bosishga qodir.
Rossiya Afrika bilan ham alohida davlatlar, ham birlashmalar bilan iqtisodiy aloqalarning barcha spektrini jadal rivojlantiradi.
Moskva Rossiya-Afrika sammitiga katta ahamiyat beradi, keng qamrovli deklaratsiya, bir qator qo‘shma bayonotlar qabul qilish, hamkorlik forumining harakatlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Hukumatlararo va idoralararo kelishuv va memorandumlarning salmoqli paketi imzolash uchun tayyorlanmoqda.
Afrika mamlakatlarini gumanitar soha, madaniyat va sport sohalarida hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish Rossiyaning umumiy manfaatlariga mos keladi.
Yangiliklar lentasi
0