Putin Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 66 yoshni qarshi olmoqda
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutladi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashdagi uning hissasini qayd edi. Tabrik Kreml saytida chop qilingan.
“Siz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni, turli sohalarda samarali ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelyapsiz. Men yaxshi va do‘stona munosabatlarimizni g‘oyat qadrlayman. Biz ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlikda ishlashda davom etamiz”, - deyiladi Rossiya rahbari tabrigida.
Putin O‘zbekiston rahbari respublika fuqarolari orasida katta obro‘ga ekanini ta’kidlagan va buni prezident saylovi tasdiqlagan. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda, xalqaro maydonda o‘z manfaatlarini himoya qilmoqda.
Rossiya rahbari Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va davlat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilagan.
Yangiliklar lentasi
0