https://oz.sputniknews.uz/20230724/jajji-va-yoqimtoy-toshkent-hayvonot-bogining-yangi-yashovchilari-37108209.html
Jajji va yoqimtoy: Toshkent hayvonot bog‘ining yangi yashovchilari — video
Jajji va yoqimtoy: Toshkent hayvonot bog‘ining yangi yashovchilari — video
Sputnik O‘zbekiston
Jajji va yoqimtoy: Toshkent hayvonot bog‘ining yangi yashovchilar paydo bo‘ldi.
2023-07-24T14:13+0500
2023-07-24T14:13+0500
2023-07-24T14:13+0500
jamiyat
madaniyat
toshkent
hayvonot olami
hayvonlar
hayvonot bog‘i
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37100708_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_634d43af6498e07580a89742358280f0.jpg
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida saqlanayotgan bir necha hayvonlar oilasida ko‘payish sodir bo‘ldi. Endi hayvonot bog‘ida kichik v yoqimtoy a’zolarni ham ko‘rish mumkin. May oyida dunyoga kelgan qora qoplonchaning surati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko‘pchilik uni yaxshi ko‘rib qoldi. Servallar oilasi ham ko‘payishdi. Zooparkka tashrif buyuruvchilar may oyi oxirida tug‘ilgan uch servalchalarni ko‘rishga oshiqishadi. Shu yil yanvarida esa Himolay ayiqlari juftligida ajoyib ayiqcha dunyoga keldi. Hozir u 7 oylik bo‘lgan. Issiq kunlarda sersuv tarvuz yeyish uning jonu dili. Yana bir xushxabar - pushti flamingo jo‘jalari tuxumdan chiqdi. Bunday hodisa hayvonot bog‘ida birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Hali rangi kulrang bo‘lgan uch polapon ota-onasi bilan quyosh nurlarida toblanadiKamerun echkilari oilasi a’zolari ham ko‘paydi. Sho‘x uloqchalar ochiq volyerlarda o‘ynashni yaxshi ko‘rashadi va ularga uzatilgan ozuqalarni mamnuniyat bilan olishadi. Eng katta oila esa o‘rdaklarniki bo‘ldi. Bu oyda tuxumdan chiqqan yoqimtoy polaponlarning aniq sonini aytish qiyin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37100708_368:0:1606:928_1920x0_80_0_0_5060782a2079eabf07beeabcc365a555.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent hayvonot bog‘i yangi yashovchilar
toshkent hayvonot bog‘i yangi yashovchilar
Jajji va yoqimtoy: Toshkent hayvonot bog‘ining yangi yashovchilari — video
Qora qoploncha, kichik servallar, ayiq bolasi, flamingo polaponlari - Toshkent zooparkining yangi istiqomat qiluvchilari bilan tanishing.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida saqlanayotgan bir necha hayvonlar oilasida ko‘payish sodir bo‘ldi. Endi hayvonot bog‘ida kichik v yoqimtoy a’zolarni ham ko‘rish mumkin.
May oyida dunyoga kelgan qora qoplonchaning surati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko‘pchilik uni yaxshi ko‘rib qoldi.
Servallar oilasi ham ko‘payishdi. Zooparkka tashrif buyuruvchilar may oyi oxirida tug‘ilgan uch servalchalarni ko‘rishga oshiqishadi.
Shu yil yanvarida esa Himolay ayiqlari juftligida ajoyib ayiqcha dunyoga keldi. Hozir u 7 oylik bo‘lgan. Issiq kunlarda sersuv tarvuz yeyish uning jonu dili.
Yana bir xushxabar - pushti flamingo jo‘jalari tuxumdan chiqdi. Bunday hodisa hayvonot bog‘ida birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Hali rangi kulrang bo‘lgan uch polapon ota-onasi bilan quyosh nurlarida toblanadi
Kamerun echkilari oilasi a’zolari ham ko‘paydi. Sho‘x uloqchalar ochiq volyerlarda o‘ynashni yaxshi ko‘rashadi va ularga uzatilgan ozuqalarni mamnuniyat bilan olishadi.
Eng katta oila esa o‘rdaklarniki bo‘ldi. Bu oyda tuxumdan chiqqan yoqimtoy polaponlarning aniq sonini aytish qiyin.