“CAFA Futsal Cup 2023”: O‘zbekiston Tojikistonni mag‘lub etdi — video

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston futzal terma jamoasi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasi doirasidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ilk bor tashkil etilgan “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasi boshlandi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi birinchi o‘yinini mezbonlarga qarshi olib bordi.
Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik futzalchilar 4:2 hisobida raqiblaridan ustun kelishdi.
O‘zbekiston safida Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov va Hamroyev gollarga mualliflik qilishdi.
O‘zbekiston navbatdagi o‘yinini bugun Afg‘onistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 17:00 da boshlanadi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futzalchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda boshlangan “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasi 30-iyulga qadar davom etadi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0