“Reyd ketapti”: Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

© Sputnik / Pavel BednyakovIstanbul, arxiv surat
Istanbul, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Turkiya politsiyasi “maxsus reyd” o‘tkazib, Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga nisbatan tegishli chora ko‘rmoqda.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda Turkiya politsiyasi Istanbul va boshqa yirik shaharlarda “maxsus reyd” o‘tkazmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga nisbatan tegishli chora ko‘rish.
Bosh konsulxona Turkiyada turli sabablarga ko‘ra bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etishlarini so‘ragan.
“Fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarini olib yurishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0