Toshkentdagi maktablarga yangi kompyuter jihozlari yetkazib berilmoqda

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaToshkentdagi maktablarga yangi kompyuter jihozlari yetkazib berilmoqda
Toshkentdagi maktablarga yangi kompyuter jihozlari yetkazib berilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 258 da maktabda kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Toshkentdagi maktablarga kompyuter jihozlari yetkazib berilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahridagi maktablar 4864 ta kompyuter bilan ta’minlanmoqda. Ayni damda Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari xatlovdan o‘tkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
"Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida vazirlik tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari to‘plami jo‘natilmoqda", deyiladi xabarda.
Har bir to‘plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.
Yangiliklar lentasi
0