Kun olovday qizdiradi: O‘zbekistonda 24-iyul uchun ob-havo

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent, arxiv surat
Toshkent, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududida havo harorati +40 darajadan oshadi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zgidromet 24-iyul kuni mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havoni ma’lum qildi.
Toshkent shahri
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0