https://oz.sputniknews.uz/20230723/ozbekiston-tojikiston-chegara-savdo-zonasi-37082065.html
“O‘zbekiston-Tojikiston” chegara savdo zonasini tashkil etish ishlari boshlandi
“O‘zbekiston-Tojikiston” chegara savdo zonasini tashkil etish ishlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.Qayd etilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisi, vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti, ishonchli strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi.
2023-07-23T11:52+0500
2023-07-23T11:52+0500
2023-07-23T11:52+0500
iqtisod
o‘zbekiston
tojikiston
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37081774_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2bfa20456b76162f1d7e6d5625f7ccab.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumati delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.Qayd etilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisi, vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti, ishonchli strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona va ishonchli munosabatlar rivojlanishning mutlaqo yangi dinamikasiga ega bo‘lgan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda.Ta’kidlanishicha, davlatlar rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari oldiga kun tartibini yangi loyihalar bilan to‘ldirish vazifasini qo‘ygan.Tomonlar mazkur vazifaga birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan erishish mumkinligini qayd etdi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Davlatlar rahbarlari kelgusida uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq vazifa qo‘ygan.Shuningdek, delegatsiyalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish, transport va logistika masalalaridagi hamkorlikni izchil chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari tegishli bayonnomani imzoladi.Avvalroq Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37081774_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2969c59f5b2f130e57d24de0d3c2b37c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston-tojikiston chegara savdo zonasi abdulla aripov qohir rasulzoda
o‘zbekiston-tojikiston chegara savdo zonasi abdulla aripov qohir rasulzoda
“O‘zbekiston-Tojikiston” chegara savdo zonasini tashkil etish ishlari boshlandi
Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qildi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumati delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisi, vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti, ishonchli strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona va ishonchli munosabatlar rivojlanishning mutlaqo yangi dinamikasiga ega bo‘lgan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, davlatlar rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari oldiga kun tartibini yangi loyihalar bilan to‘ldirish vazifasini qo‘ygan.
Tomonlar mazkur vazifaga birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan erishish mumkinligini qayd etdi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Davlatlar rahbarlari kelgusida uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq vazifa qo‘ygan.
“Uchrashuvda ma’lum qilinishicha, “Oybek” – “Fotexobod” o‘tkazish punktlarida “O‘zbekiston – Tojikiston” xalqaro chegara savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, delegatsiyalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish, transport va logistika masalalaridagi hamkorlikni izchil chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari tegishli bayonnomani imzoladi.
Avvalroq Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgani
xabar qilingan edi.