Futbol: O‘zbekiston Osiyo chempionatining guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiladi

CC0 / Unsplash / Emilio Garcia / Futbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
Bu uchrashuvlar 6-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Unga ko‘ra, chempionatning guruh uchrashuvlari O‘zbekiston va Tailandda o‘tkaziladi.
Bu uchrashuvlar 6-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston, Avstraliya, Xitoy Taypeyi, Eron, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand klublari ishtirok etadi.
Musobaqaga qur’a tashlash marosimi esa 7-sentabr kuni Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0