https://oz.sputniknews.uz/20230723/krestinin-bunyodkor-galaba-ozbekiston-jch-37087083.html
Krestinin: “Bunyodkor” har o‘yinda g‘alaba qozonishi, O‘zbekiston esa JChga chiqishi kerak
Krestinin: “Bunyodkor” har o‘yinda g‘alaba qozonishi, O‘zbekiston esa JChga chiqishi kerak
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. Aleksandr Krestinin ilgari to‘qqiz yil davomida Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.
2023-07-23T15:40+0500
2023-07-23T15:40+0500
2023-07-23T15:40+0500
video
multimedia
sport
bunyodkor
futbol
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37086740_0:0:1440:810_1920x0_80_0_0_0d2134c662583ae9bb0d647d66a18314.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Aleksandr Krestinin ilgari to‘qqiz yil davomida Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. U murabbiy bo‘lgan paytda jamoa dunyoning 100 ta eng yaxshi termasi ro‘yxatidan o‘rin oldi va 2019-yilda ilk bor Osiyo kubogida qatnashdi.Krestinin Qirg‘izistonning eng oliy davlat mukofotlaridan biri “Danaker” ordeni bilan taqdirlangan.Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasining 13-turi yakuniga ko‘ra sakkinchi o‘rinda borapti. Ligadagi jamoalar 14 tani tashkil etadi.“Bunyodkor” besh karra O‘zbekiston chempioni (2008, 2009, 2010, 2011 va 2013-yillar), to‘rt marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan va bir marta mahalliy superkubokka ega chiqqan. 2008-yilda jamoa Osiyo chempionlar ligasining yarim finaligacha borgan.Aleksandr Krestinin o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘ygan, yangi klubda moslashishi qanday kechdi va uning “Bunyodkor”dagi faoliyati O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qanday yordam berishi mumkin – rossiyalik mutaxassis Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida bu savollarga javob berdi.Rad etib bo‘lmaydigan taklifMenga klub rahbarlari telefon qilishdi. Men uchun bu biroz hayratlanarli bo‘ldi. Boshqa tomondan, bu qanday klub taklifi ekanini tushunardim. Har qanday murabbiyga bu yerda ishlash sharaf. Axir bu o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan, katta tarixga ega, yangi tarixda eng ko‘p sovringa ega chiqqan klub. Shu bois ko‘p o‘ylanib o‘tirmadim. Tezda kelishib oldik. Biz bunday taklif olganimizdan xursandmiz va bizga klub taqdirini ishonib topshirishganidan faxrlanamiz.Osiyoni o‘z uyim deb bilamanMen 11-yildan buyon Osiyoda ishlayman. Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Menga bari yaqin: Osiyo madaniyati, o‘ziga xosligi – moslashishimning hojati yo‘q. O‘zimni juda yaxshi his qilaman. Yigitlar – professional. Bizning qarashimiz va talablarimizni tezda qabul qilishdi. Albatta, bir-birimizga moslashishda ayrim narsalar bo‘ladi, chunki biz ham kundalik hayotda, ham mashg‘ulot jarayonida ayrim narsalarni o‘zgartirdik. Biroq bu tabiiy jarayon, chunki har bir murabbiy biror bir o‘zgartirish kiritadi. Ikkinchi hafta ketapti. Bizda hech qanday kelishmovchiliklar bo‘lmadi. Asosiysi, bunda yigitlarning xizmati katta. Savollar paydo bo‘ldimi, ularni darhol hal qilamiz. Bu yana bir bor futbolchilarning yuqori mahoratidan dalolat beradi, professionallar bilan til topish juda oson.Milliy termadan klubga o‘tishKlub va terma jamoada ishlash bir biridan farq qiladi. O‘ziga xos jihati bor. 2010-2011 yillarda Qirg‘izistondagi klubda ishladik va ular birinchi yiliyoq chempion bo‘lishdi. Viloyatdan bo‘lgan jamoa va hech qachon ilgari medalga ega chiqmagan. Keyin olti yil o‘tib biz terma jamoa va klubda ishladik. To‘rt yarim yil ham klubda, ham terma jamoada ishladik. U yerda ham hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi – to‘rt yil ketma-ket respublika chempioni bo‘lishdi. Shu bois klubda ishlash bizga yaqin va tanish. Shuningdek, ham klub, ham termani mashq qildirish tajribasi bor. Bu foydali tajriba, biroq bu har yerda mos kelmaydigan uncha yaxshi bo‘lmagan vaziyat. Masalan, hozir Qirg‘izistonda u kerak emas. Biroq o‘sha payt juda zarur edi, chunki biz mashq qildirgan klub Qirg‘iziston milliy terma jamoasi uchun bazoviy jamoa edi. Hozir unga zarurat yo‘q, ayniqsa O‘zbekistonda.Klubga ilgari mavqeyini qaytarish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilamanBiz klubni mavsum o‘rtasida qabul qildik. Bizga asosiy vaziyat ma’lum edi, ya’ni qayerda muammo bor, qayerda ular allaqachon hal qilingan. Bizni vaziyatni o‘zgartirish uchun chaqirishdi. U yaxshi tomonga o‘zgarapti va vaqt buni ko‘rsatishi kerak. Gap biror bir aniq o‘rin haqida bormayapti, chunki bu katta klub va u uchun faqat bitta o‘rin bor – birinchi. O‘ylashimcha, agar yangi murabbiy, masalan, birinchi uchlik (top-3) uchun kurashishini aytsa, o‘ylamay aytilgan gap bo‘ladi. O‘ylaymanki, jiddiy emas. Hech qanday kafolat va va’da bermayman, chunki bu futbol. Lekin o‘z oldimizga vazifa va maqsad qo‘ydik – har o‘yinda g‘alaba qozonish. Ochkolarni esa oxirida sanaymiz. Klubga ilgari mavqeyini qaytarish uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilamiz. Barcha erishalayotgan natijalar – milliy terma jamoa uchun, chunki u mamlakat yuzi va sharafi. Hamma u uchun mehnat qilish lozim.O‘zbekistonga jahon chempionatiga chiqishga yordam berish kerakFutbolchilar avlodi o‘zgarmoqda. Faraz qilaylik, 10-yil ilgari Osiyoda futbol umuman olganda bir xil edi, hozir esa allaqachon boshqa. Bu ham muhim – biz yetakchi mamlakatlar, masalan, Yaponiya, Avstraliya, Eronga yetishib olishimiz darkor. O‘zbekiston rivojlanish borasida ularga yetishishda qanchalik ulgurapti, biz qanchalik raqobatbardoshmiz? Agar ilgari termalar darajalarida katta farq bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa farq kamaygan. Bu farqni qisqartirish, Osiyo jamoalariga raqobatbardosh bo‘lish va qit’aning yetakchi jamoasiga aylanish kerak. Bularni amalga oshirish mumkin, boz ustiga, jahon chempionati ishtirokchilari soni ko‘paytirilgan (ilgari 32 ta edi, endi 48 ta bo‘lgan – tahr.). Shu bois hozir hammasi futbolchilar va murabbiylar shtabi qo‘lida. Biz birgalikda bu natijalarga erishish va jahon chempionatiga chiqish uchun yordam berishimiz shart.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37086740_180:0:1260:810_1920x0_80_0_0_c57a68fc520f57829d142a7fedca5787.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aleksandr krestinin bunyodkor klubi bosh murabbiy intervyu
aleksandr krestinin bunyodkor klubi bosh murabbiy intervyu
Krestinin: “Bunyodkor” har o‘yinda g‘alaba qozonishi, O‘zbekiston esa JChga chiqishi kerak
Eksklyuziv
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi bo‘ldi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Aleksandr Krestinin ilgari to‘qqiz yil davomida Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. U murabbiy bo‘lgan paytda jamoa dunyoning 100 ta eng yaxshi termasi ro‘yxatidan o‘rin oldi va 2019-yilda ilk bor Osiyo kubogida qatnashdi.
Krestinin Qirg‘izistonning eng oliy davlat mukofotlaridan biri “Danaker” ordeni bilan taqdirlangan.
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasining 13-turi yakuniga ko‘ra sakkinchi o‘rinda borapti. Ligadagi jamoalar 14 tani tashkil etadi.
“Bunyodkor” besh karra O‘zbekiston chempioni (2008, 2009, 2010, 2011 va 2013-yillar), to‘rt marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan va bir marta mahalliy superkubokka ega chiqqan. 2008-yilda jamoa Osiyo chempionlar ligasining yarim finaligacha borgan.
Aleksandr Krestinin o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘ygan, yangi klubda moslashishi qanday kechdi va uning “Bunyodkor”dagi faoliyati O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qanday yordam berishi mumkin – rossiyalik mutaxassis
Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida bu savollarga javob berdi.
Rad etib bo‘lmaydigan taklif
Menga klub rahbarlari telefon qilishdi. Men uchun bu biroz hayratlanarli bo‘ldi. Boshqa tomondan, bu qanday klub taklifi ekanini tushunardim. Har qanday murabbiyga bu yerda ishlash sharaf. Axir bu o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan, katta tarixga ega, yangi tarixda eng ko‘p sovringa ega chiqqan klub. Shu bois ko‘p o‘ylanib o‘tirmadim. Tezda kelishib oldik. Biz bunday taklif olganimizdan xursandmiz va bizga klub taqdirini ishonib topshirishganidan faxrlanamiz.
Osiyoni o‘z uyim deb bilaman
Men 11-yildan buyon Osiyoda ishlayman. Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Menga bari yaqin: Osiyo madaniyati, o‘ziga xosligi – moslashishimning hojati yo‘q. O‘zimni juda yaxshi his qilaman. Yigitlar – professional. Bizning qarashimiz va talablarimizni tezda qabul qilishdi. Albatta, bir-birimizga moslashishda ayrim narsalar bo‘ladi, chunki biz ham kundalik hayotda, ham mashg‘ulot jarayonida ayrim narsalarni o‘zgartirdik. Biroq bu tabiiy jarayon, chunki har bir murabbiy biror bir o‘zgartirish kiritadi. Ikkinchi hafta ketapti. Bizda hech qanday kelishmovchiliklar bo‘lmadi. Asosiysi, bunda yigitlarning xizmati katta. Savollar paydo bo‘ldimi, ularni darhol hal qilamiz. Bu yana bir bor futbolchilarning yuqori mahoratidan dalolat beradi, professionallar bilan til topish juda oson.
Milliy termadan klubga o‘tish
Klub va terma jamoada ishlash bir biridan farq qiladi. O‘ziga xos jihati bor. 2010-2011 yillarda Qirg‘izistondagi klubda ishladik va ular birinchi yiliyoq chempion bo‘lishdi. Viloyatdan bo‘lgan jamoa va hech qachon ilgari medalga ega chiqmagan. Keyin olti yil o‘tib biz terma jamoa va klubda ishladik. To‘rt yarim yil ham klubda, ham terma jamoada ishladik. U yerda ham hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi – to‘rt yil ketma-ket respublika chempioni bo‘lishdi. Shu bois klubda ishlash bizga yaqin va tanish. Shuningdek, ham klub, ham termani mashq qildirish tajribasi bor. Bu foydali tajriba, biroq bu har yerda mos kelmaydigan uncha yaxshi bo‘lmagan vaziyat. Masalan, hozir Qirg‘izistonda u kerak emas. Biroq o‘sha payt juda zarur edi, chunki biz mashq qildirgan klub Qirg‘iziston milliy terma jamoasi uchun bazoviy jamoa edi. Hozir unga zarurat yo‘q, ayniqsa O‘zbekistonda.
Klubga ilgari mavqeyini qaytarish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman
Biz klubni mavsum o‘rtasida qabul qildik. Bizga asosiy vaziyat ma’lum edi, ya’ni qayerda muammo bor, qayerda ular allaqachon hal qilingan. Bizni vaziyatni o‘zgartirish uchun chaqirishdi. U yaxshi tomonga o‘zgarapti va vaqt buni ko‘rsatishi kerak. Gap biror bir aniq o‘rin haqida bormayapti, chunki bu katta klub va u uchun faqat bitta o‘rin bor – birinchi. O‘ylashimcha, agar yangi murabbiy, masalan, birinchi uchlik (top-3) uchun kurashishini aytsa, o‘ylamay aytilgan gap bo‘ladi. O‘ylaymanki, jiddiy emas. Hech qanday kafolat va va’da bermayman, chunki bu futbol. Lekin o‘z oldimizga vazifa va maqsad qo‘ydik – har o‘yinda g‘alaba qozonish. Ochkolarni esa oxirida sanaymiz. Klubga ilgari mavqeyini qaytarish uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilamiz. Barcha erishalayotgan natijalar – milliy terma jamoa uchun, chunki u mamlakat yuzi va sharafi. Hamma u uchun mehnat qilish lozim.
O‘zbekistonga jahon chempionatiga chiqishga yordam berish kerak
Futbolchilar avlodi o‘zgarmoqda. Faraz qilaylik, 10-yil ilgari Osiyoda futbol umuman olganda bir xil edi, hozir esa allaqachon boshqa. Bu ham muhim – biz yetakchi mamlakatlar, masalan, Yaponiya, Avstraliya, Eronga yetishib olishimiz darkor. O‘zbekiston rivojlanish borasida ularga yetishishda qanchalik ulgurapti, biz qanchalik raqobatbardoshmiz? Agar ilgari termalar darajalarida katta farq bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa farq kamaygan. Bu farqni qisqartirish, Osiyo jamoalariga raqobatbardosh bo‘lish va qit’aning yetakchi jamoasiga aylanish kerak. Bularni amalga oshirish mumkin, boz ustiga, jahon chempionati ishtirokchilari soni ko‘paytirilgan (ilgari 32 ta edi, endi 48 ta bo‘lgan – tahr.). Shu bois hozir hammasi futbolchilar va murabbiylar shtabi qo‘lida. Biz birgalikda bu natijalarga erishish va jahon chempionatiga chiqish uchun yordam berishimiz shart.