“Toshshahartransxizmat”ning barcha avtobuslari “tonirovka” qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrobus
Elektrobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi avtobuslarning yon oynalari bepul qoraytiriladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. "Toshshahartransxizmat"ning tabiiy gaz va elektrda harakatlanadigan avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, avtobuslarni “tonirovka” qilishdan maqsad yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va avtobus elektrobuslar salonini sovutish uchun sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilishdir. Yon oynalar bepul qoraytiriladi.
Bu jarayonda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plonkalar "Toshshahartransxizmat"ga taqdim etiladi.
Avtobuslarni "tonirovka" qilish prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0