Toshkent shahri va viloyatidagi kanallar va suv omborlaridagi suv sifati tekshirildi — natija
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil obnovlonniy Natsionalniy park
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati o‘rganildi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkent shahri va uning viloyatidagi kanallar va suv omborlaridagi suv sifati tekshirildi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, suv ifloslanishi indeksi bo‘yicha (SII) kimoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi.
Namuna natijalari:
Bo‘zsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,99;
Qorasuv kanali — Furqat bog‘i hududida. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII - 2,4;
Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII - 2,13;
Anxor kanali — Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII – 1,65;
Bo‘rijar kanali – Magic city bog‘i hududi. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII– 0,76;
Chorvoq suv ombori – Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,63;
Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII- 1,75.
“Oldingi hafta bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi. Faqat Anxor kanalida suv sifati SII bo‘yicha biroz yomonlashdi III sinf - o‘rtacha ifloslangan suvlar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obyektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.