Samolyotda yosh bolalar uchun alohida o‘rindiq beriladimi — sayohat qilish tartibi

© Uzbekistan Airports "Silk Avia" aviakompaniyasi
Silk Avia aviakompaniyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2023
Obuna bo‘lish
Bolalar uchun qo‘l yuki taqdim etilmaydi, lekin parvoz paytida bolalar ovqatlari va zarur gigiyena vositalarini olib o‘tish mumkin.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Ekonom-klassining birinchi qatoridagi o‘rindiqlarni bron qilishda bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloq uchun bepul belanchak berilishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.
7 kunlikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan parvoz:
kattalar tarifidan 10% to‘lanadi;
salonda alohida o‘rindiq taqdim etilmaydi;
bitta o‘rindiq uchun beriladigan bagaj olib o‘tish mumkin, bagaj normasi 10 kgni tashkil etadi (Uzbekistan Express aviaqatnovlarida esa 5 kg).
Bolalar uchun qo‘l yuki taqdim etilmaydi, lekin parvoz paytida bolalar ovqatlari va zarur gigiyena vositalarini olib o‘tish mumkin.
2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan parvoz qilish:
kattalar tarifidan 75% to‘lanadi;
kema sahnida alohida o‘rindiq va kattalar tarifiga o‘xshab bagaj olib o‘tish mumkin, ya’ni, tarif shartlariga muvofiq taqdim etiladi.
Shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan sayohat qilganingizda, og‘irligi 23 kg gacha bo‘lgan bolalar aravachasini bagaj sifatida bepul olib o‘tish mumkin. Havo kemasi sahnida esa buklanadigan kichik aravachalarni (og‘irligi 5-8 kg) olib o‘tishga ruxsat beriladi.
“Unutmang, kichik bolalar havo bosimining o‘zgarishini tez sezadi, shuning uchun yuqoriga ko‘tarilish paytida salbiy ta’sirlarni oldini olish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi (shimuvchi konfetlar yoki oddiygina bir shisha suv yoningizda bo‘lgani maqsadga muvofiq)”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bolalar uchun aviachipta xarid qilayotganda qo‘shimcha aeroport va boshqa to‘lovlar alohida to‘lanishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0