Qashqadaryodagi dalalarning tuproq yuzasi lazer bilan tekislanmoqda — tafsilotlar

© MinselxozQishlov xo‘jaligi ishchi guruhi yerni lazer yordamida tekislash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Qishlov xo‘jaligi ishchi guruhi yerni lazer yordamida tekislash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2023
Obuna bo‘lish
Bu usul hosildorlikni oshirish, dalada suvni bir tekis taqsimlash va ekinlarning vegetatsiya davrini to‘liq nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi dalalarda tuproq yuzasini lazer bilan tekislash usulidan foydalanilmoqda, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qayd etilishicha, bu usul hosildorlikni oshirish, dalada suvni bir tekis taqsimlash va ekinlarning vegetatsiya davrini to‘liq nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.
“Lazerli tekislangan yer sath bilan bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ushbu texnikaning afzalligi shundaki, eng avvalo, konturlar yaxlitlanadi. Kichik hajmli konturlar umumiy bitta yirik konturga aylantiriladi. Bundan tashqari, maydonni sug‘orishda ellik foizgacha suv tejaladi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, maydonni sug‘orishda 50 foizgacha suv tejaladi. Ya’ni avvallari bitta maydonga bir nechta katta o‘qariqlar olingan va har biri uchun ko‘p suvsarflangan bo‘lsa endi bunga hojat yo‘q. Shuningdek, maydonni sug‘orishda ko‘p ishchi kuchi talab qilingan.
Aytilishicha, hozirda bu yaxlit konturli maydon bo‘lganligi hisobiga bitta sug‘orishda butun maydonga suvni tarash mumkin. Bu orqali ishchi kuchi va suv sarfi tejaladi.
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikalarining ish unumdorligi ortadi. Lazerli tekislash yordamida kuniga 40 gektargacha yerni tekislash amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0